Boshi: Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada 25 nafar bola zaharlandi. Ahvoli og‘ir bolalardan biri IVLga ulangan
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy profilda keltirilgan xabarga ko‘ra, ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida bir nafar tarbiyalanuvchining oziq-ovqat zaharlanishidan vafot etgani keltirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tarbiyalanuvchi B.M. 2021-yil 2-avgustgdan 7-avgustga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali shifokorlari tomonidan shifoxonadan tashqari ikki tomonlama o‘choqli pnevmoniya. Asoratlari: yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miya shishi tashxisi qo‘yilib davolash ishlari olib borilgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramay pnevmoniya kasalligi asoratlariga ko‘ra yurak qon-tomir yetishmovchiligi tufayli 7-avgust kuni biologik o‘lim qayd etilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining yozishicha, Oqqo‘rg‘on tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlangani holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Andijonda tug‘ilgan kun tortidan 8 kishi, 2019-yilda Qashqadaryoda 65 nafar ishchi ovqatdan zaharlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)