Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy til maqomi saqlab qolinadigan bo‘ldi. “24.kg”ning xabar berishicha, Bu haqda Konstitutsiyaviy kengash “Inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklari” sho‘basi rahbari Nurlan Shebipov 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan onlayn brifingida ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

“Rus tili rasmiy til bo‘lib qoladi. Konstitutsiyaviy yig‘ilishda qirg‘iz tili davlat tili, rus tili rasmiy til sifatida tasdiqlandi”, — degan u. Shuningdek , ingliz tiliga rasmiy maqom berish takliflari ham bo‘lgani, ammo bu g‘oyadan voz kechilganligini bildirgan.

Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Sadir Japarov rus tilining maqomi o‘zgarmasligi kerak, deb hisoblaydi. “Rus tili — BMT minbarida ishlatiladigan oltita tillardan biri. Bundan tashqari, bu xalqlarni birlashtiradigan va biz asrlar davomida ishlatib kelayotgan til. Yevrosiyo davlatlari bilan munosabatlarda va aloqalarda rus tilisiz iloji yo‘q. Shuning uchun rus tili mamlakatimizda, albatta,  rasmiy til bo‘lib qolishi shart”, — deb yozgan u Facebook’da.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengashi a’zosi Sadirdin To‘raliyev mamlakatda rus tilining rasmiy maqomini bekor qilish taklifi bilan chiqqandi. Bunga Qirg'iziston yoshlari o‘z ona tilida gaplashmay qo‘yganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Qirg‘iziston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda ruslar millat vakillari soni bo‘yicha respublikadagi qirg‘izlar va o‘zbeklardan keyin uchinchi o‘rinda turadi. 6,5 million aholining 344 mingdan ortig‘i ruslardir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan