• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘iziston hukumati va Kanada kompaniyasi nima sababdan “Qumtor” oltin konini bo‘lisha olmayapti?

    Qirg‘izistonda korrupsiya va atrof-muhitga zarar yetkazish bo‘yicha ayblovlar, yuqori mansabdor shaxslarni so‘roq qilish, milliylashtirish jarayonining boshlanishi — bularning barchasi mamlakatdagi eng yirik oltin koni “Qumtor” ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergovning bir qismi. BBC rus xizmati ushbu kon qanday qilib Kanadaning konchilik kompaniyasi va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida to‘siq paydo qilgani haqida hikoya qiladi.

    Foto: “TASS”

    Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev 16 yillik qochqinlikdan so‘ng korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roq qilinish uchun mamlakatga qaytdi. U 1992-yilda Kanadaning energetik giganti Cameco Corporation bilan “Qumtor” loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolashda, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumon qilinmoqda (Cameco Corporation keyinchalik o‘z aksiyalarini Centerra Gold Inc. sho‘ba korxonasiga o‘tkazgan).

    Shartnoma doirasidagi korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilinayotgan va so‘roq qilinayotgan amaldagi va sobiq yuqori lavozimli amaldorlar hamda deputatlar ro‘yxati tobora kengayib bormoqda, ular orasida yana bir qochqin sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev, shuningdek, sobiq bosh vazirlar Temir Sariyev va Omurbek Babanov ham bor.

    Bu safar hukumat oltin qazib oluvchi Kumtor Gold Company kompaniyasidan davlat foydasiga 261,7 milliard som (yoki 3 milliard dollar) undirish to‘g‘risidagi sud qaroridan so‘ng “Qumtor”ning tashqi boshqaruvini joriy etish bilan misli ko‘rilmagan qadamni qo‘ydi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘i Qamchibek Tashiyevning aytishicha, maxsus xizmat mamlakat hukumati oldida “Qumtor” konini qazib olish bo‘yicha ilgari tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqish jarayonini boshlagan.

    “Qumtor”ning o‘ziga xosligi nimada va u kimga tegishli?

    “Qumtor” — Markaziy Osiyodagi eng yirik kon bo‘lib, u yerda oltin ochiq usulda qazib olinadi. U, shuningdek, Perudagi “Yanokocha” konidan keyin dunyodagi ikkinchi eng baland tog‘ koni.

    Bu kon Qirg‘iziston shimolida, Issiqko‘l viloyatida, dengiz sathidan 4000 metrdan ortiq balandlikda joylashgan va Tyan-Shan tog‘ tizmasining ulug‘vor muzliklari bilan o‘ralgan. Bu muzliklar transchegaraviy Norin daryosiga borib quyiladigan daryolarning manbayidir — Norin suvlari keyinchalik mintaqaning asosiy suv yo‘li Qoradaryo va Sirdaryoga quyiladi.

    Foto: Getty Images

    1993-yilda konni qazishni boshlagan Kanadaning Centerra Gold Inc. kompaniyasi Kumtor Gold Company sho‘ba korxonasi orqali “Qumtor”ning asosiy egasi hisoblanadi.

    1992-yilda dastlabki kelishuv bilan Centerra Gold Inc. aksiyalarning faqat uchdan bir qismiga, Qirg‘iziston esa uchdan ikki qismiga egalik qilgan, lekin bir yildan so‘ng Kanada kompaniyasi shartlarni qayta ko‘rib chiqib, konni rivojlantirishga sarmoya kiritishni boshladi. Qirg‘iziston aksiyalarning uchdan bir qismiga egaligicha qoldi, 2019-yilda esa kompaniyaning barcha aktivlaridan davlatning ulushi 26 foizgacha kamaytirildi.

    Foto: Reuters

    2012-yildan beri Qirg‘iziston rasmiylari Qirg‘iziston uchun foydasiz bo‘lgan bitim tuzishga mas’ul bo‘lganlarni qidirmoqda, hozirda bir qancha amaldorlar o‘z xizmatlarini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda, ular hibsga olingan yoki so‘roq qilinmoqda. Centerra Gold Inc. ham qirg‘iz amaldorlariga pora berib, ularni o‘z tomoniga og‘dirib olganlikda ayblanmoqda. 2014-yilda sobiq moliya vaziri Bolot Abdildayev va yana to‘rt amaldor “Qumtor” bo‘yicha bitim tuzishda 4 million dollar pora olganlikda ayblanib, sud qilingan, biroq bir yil o‘tib ayblov muddati o‘tgani sababli ular ozod qilingan.

    Nima uchun “Qumtor” Qirg‘iziston iqtisodiyoti uchun shunchalik muhim?

    “Qumtor” — nafaqat 700 tonnaga yaqin oltin zaxirasiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin koni, balki Qirg‘izistonning eng yirik soliq to‘lovchisi va sarmoyadoridir: rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, undan tushadigan daromad Qirg‘iziston yalpi ichki mahsulotining 12,5 foizini, sanoat ishlab chiqarishining 23 foizini va mamlakat eksportining qariyb 30 foizini tashkil qiladi.

    Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilgacha Qirg‘iziston “Qumtor”dan 4 milliard 144 ming dollar, hukumat ma’lumotlariga ko‘ra esa taxminan, 13 milliard dollar foyda olgan. Konda 5 mingga yaqin qirg‘izistonlik ishlaydi.

    Foto: Getty Images

    Kumtor Gold Company har yili 16—18 tonnadan ortiq xomashyo qazib oladi, uning katta qismidan 80—85 foizlik oltin yombilar yasaladi. Ish boshlanganidan buyon konda 415 tonna oltin qazib olingan. Avvalroq kompaniya konning zaxiralari tugayotganini aytgan — ularning 2012-yilgi prognozlariga ko‘ra, qazish faqat 2023—2026-yillargacha mo‘ljallangan edi. Ammo kompaniya oxirgi hisobotida konni 2031-yilgacha qazish mumkinligini, “Qumtor” yana 180 tonna oltin berishi mumkinligini aytgan.

     Davlat bilan kelishmovchilik qanday paydo bo‘ldi?

    Amaldagi hukumat va mamlakatning yangi prezidenti Sadir Japarov Qirg‘iziston konni yanada qulay shartlar bilan qazishi mumkin, deb hisoblaydi.

    Foto: Getty Images

    Qirg‘izistonda shartnomalarni o‘zgartirish haqidagi gaplar ilk bor 2002-yilda, birinchi prezident Asqar Akayev davrida yangray boshlagan. 2012-yilda prezident Almazbek Atambayev davrida dastlabki kelishuvdagi korrupsiyani tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilgan. Shu bilan birga, hukumat mulkka egalikni 50 ga 50 qilib qayta taqsimlash to‘g‘risida kelishuvga erishishga qaror qilgan. Lekin kelishuvga erishilmagan.

    Korxona va davlat o‘rtasidagi ziddiyatning yangi cho‘qqisi 2021-yil may oyida, mamlakatning yangi prezidenti, konlarni milliylashtirishning ashaddiy tarafdorlaridan biri bo‘lgan Sadir Japarov hokimiyat tepasiga kelgan paytga to‘g‘ri keldi. Uning hukumati korxona tashqi boshqaruvini joriy etdi, bir kun avval buni amalga oshirishni davlatga yuklovchi qonun uch o‘qishda qabul qilindi.

    Suddan keyin darhol kompaniya aksiyalari 30 foizga tushib ketdi. Kompaniyaning o‘zi davlat harakatlarini noqonuniy deb hisoblaydi va ularni ilgari erishilgan barcha kelishuvlarni buzgan holda konni tortib olish deb ataydi. Centerra Gold Inc. Qirg‘iziston hukumati bilan hakamlik sudida sudlasha boshladi.

    Prezident Japarov va hukumat nimaga erishmoqchi?

    Sadir Japarov hali deputatligidayoq, 2012-yilda “Qumtor”ni davlat mulkiga aylantirish tarafdori bo‘lgan. U dastlab kon bo‘yicha davlat komissiyasini boshqargan va amaldorlarni tez-tez korrupsiyada ayblagan. O‘shanda u Qamchibek Tashiyev (hozirgi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari) va Talant Mamitov (parlament spikeri) bilan birgalikda norozilik namoyishlari uyushtirishda va hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ayblangan — uchalasi ham 2012-yilda bir yilga hibsga olingan.

    2013-yilda kon yaqinida tartibsizliklar boshlandi — namoyishchilar konni milliylashtirishni talab qildi, oqibatda prezident Atambayev Jeti-O‘g‘uz tumani hududida favqulodda holat va komendantlik soati joriy etdi.

    2013-yilda kon yaqinida tartibsizliklar boshlandi — namoyishchilar konni milliylashtirishni talab qildi, oqibatda prezident Atambayev Jeti-O‘g‘uz tumani hududida favqulodda holat va komendantlik soati joriy etdi.
    Foto: Asia Plus

    Japarov ikkinchi muddatni 2017-yilda “Qumtor” ishi bo‘yicha olgan, u garovga olganlikda ayblanib, 10 yilga qamalgan. 2020-yil oktabr oyida norozilik namoyishlari paytida o‘z tarafdorlari tomonidan qo‘yib yuborilgan Japarov parlamentda “Qumtor”ni Centerra Gold Inc.’dan olib qo‘yish shart emasligini, chunki konda oltin zaxiralari deyarli tugaganini aytdi. Ammo keyinroq, avvaliga mamlakat bosh vaziri, so‘ngra prezident bo‘lgan Japarov konning atrof-muhitga zararini tekshirishni boshladi.

    Ekspertlarning fikricha, Japarov mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini pallasida va qirg‘iz—tojik chegarasidagi to‘qnashuvlardan keyin konning ahamiyati haqidagi fikrini o‘zgartirgani tasodif emas (chegara mojarosida 35 qirg‘izistonlik vafot etgan, 134 kishi yaralangandi).

    Siyosatshunoslarning fikricha, Japarov shu tariqa siyosiy ochko yig‘moqda va tushayotgan reytingini saqlab qolmoqda. Biroq iqtisodchilar buni prezidentning karantin va pandemiya tufayli cheklovlar qo‘yilganidan keyin  zaiflashib qolgan mamlakat iqtisodiyotini tuzatishga urinish deb atamoqda. Qirg‘iziston chuqur iqtisodiy inqirozda, mamlakatda qashshoqlik darajasi 25 foizgacha ko‘tarilgan — deyarli har uchinchi qirg‘iz fuqarosi qashshoqlik yoqasida yashaydi.

    Japarov, Tashiyev va Mamitov 2012-yilda norozilik namoyishlari uyushtirishda va hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ayblangan.

    Japarov, Tashiyev va Mamitov 2012-yilda norozilik namoyishlari uyushtirishda va hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ayblangan.
    Foto: Getty Images

    Qarama-qarshilik nimaga olib kelishi mumkin?

    Qirg‘iziston hukumatining xatti-harakatlari ko‘plab xalqaro tahlilchilar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tanqid qilindi, ular tashqi nazoratning kiritilishi va Centerra Gold Inc.’ning chiqarib yuborilishi chet ellik investorlarning uzoq vaqt Qirg‘izistondan xavfsirashiga sabab bo‘lishidan xavotirda.

    Kanada va Buyuk Britaniyaning Qirg‘izistondagi elchixonalari ham konchilik sohasidagi voqealardan xavotir bildirdi. Uzoq muddatli investorlarning ketishi mamlakatni yanada chuqur iqtisodiy inqirozga yetaklashi mumkin.

    Kanadaliklar ketgandan so‘ng konni rivojlantirishda potensial va yagona manfaatdor sarmoyadorlar xitoyliklar bo‘lishi mumkin, lekin ular so‘nggi yillarda Qirg‘iziston konlarida ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelgan. Qirg‘iziston umumiy tashqi qarzining 45 foizini Xitoydan qarzdorlik tashkil qiladi, xitoylik sarmoyadorlarning kelishi mamlakatni Pekinga yanada qaram qiladi. 2018-yilda Qirg‘iziston Xitoy uchun eng zaif davlatlar o‘nligiga kiritilgandi.

    Mamlakat konni mustaqil ravishda qaziy olish-olmasligi eng katta savol bo‘lib qolmoqda.

    Mavzuga doir: Qirg‘izistonda “Qumtor” oltin koni bo‘yicha to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ularning ishtirokchilari — sobiq bosh vazir va deputatlar

    06.08.2021, 08:24   Izoh (0)   71894
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh faqat to‘liq emlangan xorijliklarga mamlakatga kirish uchun ruxsat berishi mumkin

    05.08.2021, 21:46

    Eron portida biryo‘la beshta savdo kemasi yonib ketdi

    05.08.2021, 20:42

    COVID-19 tufayli Xitoy o‘z fuqarolariga xorijga chiqish pasporti berishni vaqtincha to‘xtatadi

    05.08.2021, 18:09

    Olimlar COVID-19’ga qarshi vaksinalarning samaradorligi pasayganini ma’lum qildi

    05.08.2021, 16:15

    JSST qayta emlashga moratoriy talab qildi. Ortiqcha vaksinalarni rivojlanayotgan mamlakatlarga yuborish so‘ralmoqda

    05.08.2021, 15:35

    Gretsiyada yirik o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Yuzlab uylar vayron bo‘ldi (foto va video)

    05.08.2021, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.