• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Yordam berish uchun keldim”. Asqar Akayev Qirg‘izistonga qaytishi sababini tushuntirdi

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev jurnalistlar bilan muloqot qilib, Bishkekka qaytib kelishi sabablari haqida gapirib berdi.

    Foto: Facebook / “AKIPress”

    Foto: Facebook / “AKIPress”

    “Men respublika rahbariyatidan, Sadir Nurgojoyevichdan vatanimga qaytib kelish imkoniyatini taqdim etgani uchun juda minnatdorman. Men hamkorlik qilish, yordam berish uchun keldim. ‘Qumtor’ loyihasi bo‘yicha menga nisbatan da’volar borligini bilardim. U mening davrimda qurilgan. Men tergovga yordamlashib, ko‘rsatmalarimni berish istagidaman. Qo‘mita (Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi) raisidan minnatdorman. Juda e’tibor bilan munosabatda bo‘lishdi. Savollar bor, men birinchi so‘roqdan o‘tdim. Men ‘Qumtor’ni qanday qurganimiz, nima uchun qurganimiz, qanday xatoliklar bo‘lgani haqida chin dildan, samimiy gapirib berish uchun keldim”, — dedi Asqar Akayev.

    U endigina ish bilan tanishib chiqqanini aytdi. Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosida tergovchilar bilan uchrashuvlar davom etadi.

    “Kelganingiz uchun rahmat aytaman, umid qilamanki, salomlashib ko‘rishish uchun kelgansizlar. Men bundan juda xursandman. O‘zimni juda baxtli his qilyapman, chunki 16 yil o‘tib, birinchi marta vatanimga, xalqimning yoniga keldim… Hozir yaxshilanish va gullab-yashnash bo‘yicha jarayonlar ketyapti, men yordam bermoqchiman.

    Men bir haftaga uchib keldim. Agar ulgurmasam, savollarga mening advokatim javob beradi. Ha, men qarorgohda bo‘lib, Sadir Japarov bilan uchrashdim, bu yerga kelish imkoniyati uchun unga rahmat aytdim, ‘Qumtor’ni muhokama qildik. Hech qaysi prezidentga nisbatan da’voyim yo‘q, nasib bo‘lsa, masalalarimni hal qilay, shuning uchun buni izohlamayman… Bishkek juda o‘zgarib ketibdi, yaxshi shaharga aylanibdi, bundan keyin ham shunday gullasin. Ko‘kalamzor shahrimiz saqlanib qolibdi”, — dedi Qirg‘iziston sobiq prezidenti.

    Avvalroq Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Asqar Akayev qo‘mita binosida bo‘lib, uning ishtirokida tug‘ilgan joyi bo‘yicha jinoyat ishi doirasida zarur tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

    Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining ta’kidlashicha, Akayev va boshqa sobiq yuqori martabali amaldorlar 1992-yilda “Qumtor” loyihasi bo‘yicha bosh kelishuvni tuzishda, 1994-yilda unga o‘zgartirishlar kiritishda, shuningdek, 2003-yilda “Kameko” kompaniyasi bilan kelishuvni qayta tuzishda korrupsiya holatlari uchun javobgarlikka tortilgan.

    Qirg‘izistonning birinchi va ikkinchi prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevlar iyul oyi boshlarida “Qumtor” ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgandi.

    Asqar Akayev 1990-yildan 2005-yilgacha dastlab Qirg‘iziston SSR, so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti bo‘lgan. 2005-yilda to‘qnashuvlar va prezident qarorgohining qirg‘in qilinishi voqealari hamrohlik qilgan “Lolalar inqilobi” deb nomlangan davrda Qirg‘iziston prezidenti lavozimidan chetlatilgan, so‘ng u Rossiyaga qochib ketgan.

    Mavzuga doir: 

    • Asqar Akayev Qirg‘izistonga olib kelindi. U xalqaro qidiruvga berilgandi
    • Qirg‘iziston sobiq prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev xalqaro qidiruvga berildi
    • Qirg‘izistonda “Qumtor” oltin koni bo‘yicha to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ularning ishtirokchilari — sobiq bosh vazir va deputatlar

    03.08.2021, 12:23   Izoh (0)   76401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh 24 nafar rossiyalik diplomatdan mamlakatni tark etishni so‘radi

    03.08.2021, 10:33

    Germaniyada natsistlar konslagerida qorovul bo‘lib ishlagan 100 yoshli erkak sud qilinadi

    03.08.2021, 09:10

    Berdimuhamedov yangi harbiy samolyotni sinovdan o‘tkazdi. Uning parvoz chog‘ida kiygan formasi muzeyga topshirildi (video)

    03.08.2021, 08:15

    Olimlar COVID-19’ning yangi shtammlarini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqladi

    02.08.2021, 21:11

    Turkmaniston poytaxtida savdo markazlari, basseyn va sport zallari yopildi. Mamlakatda haligacha koronavirus rasman qayd etilmagan

    02.08.2021, 20:10

    Asqar Akayev Qirg‘izistonga olib kelindi. U xalqaro qidiruvga berilgandi

    02.08.2021, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.