Qashqadaryo hokimi qabulida bo‘lgan onaxon noma’lum sababga ko‘ra qizi tomonidan tahqirlangani aks etgan video tarqalgan edi. “Uznews.uz” ma’lum qilishicha, onasini urgan O.X. 4-avgust kuni viloyat nevrologik dispanseriga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, ayolga ushbu maxsus muassasada tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya qilingan. Ma’lumot viloyat neyropsikiyatrik dispanserida tasdiqlangan.
Yaqin kunlarda uning 1-guruh nogironi bo‘lgan onasi M.A.ni davolanish uchun viloyat shifoxonalaridan biriga yuborish rejalashtirilgan. Uning sog‘lig‘i yaxshilangach, u Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” uyiga joylashtirilib, davlat qaramog‘iga o‘tkaziladi.
Qarshi shahar hokimligining xabar berishicha, M.A.ni qariyalar uyiga ko‘chirishga uning qizi rozi bo‘lmagan.
Bundan avval ushbu qashqadaryolik onaxonga himoya orderi berilgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)