• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ish beruvchi emlashdan bosh tortgan xodimni ishdan haydamaydi, balki ishdan chetlatadi” – Ruslanbek Davletov

    O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 31-iyul kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida aholining ayrim toifalariga majburiy koronavirusga qarshi emlashni qonuniylashtiradigan va ish beruvchilarga emlashdan bosh tortgan xodimni ishdan chetlatish huquqini beradigan qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, agar fuqaro emlashdan bosh tortsa, u holda “hech kim uning qo‘l oyog‘ini bog‘lab, emlash uchun tibbiy muassasaga olib bormaydi”.

    “Bunday tartib yo‘q. Bizning qonunchiligimizda ma’lum kasalliklar uchun majburiy davolanish turlari belgilangan. Bular – alkogolizm, giyohvandlik, sil kasalligi. Bunday hollarda, sud qarori asosida, ular majburiy davolanishga yuboriladi. Bunda davlat, agar kerak bo‘lsa, uyga kelib, fuqaroni davolanish uchun olib ketishi mumkin. Bunday hollarda odam yo‘q deya olmaydi”, – deydi vazir.

    Adliya vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, fuqaro emlanishdan voz kechish huquqiy oqibatlarga olib kelishini anglashi kerak.

    “Bu yerda uning ijtimoiy faoliyati va ishlash huquqi cheklanishi mumkin. Shu sababli, Mehnat kodeksining 113-moddasiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda: agar u [emlanishdan] bosh tortsa, ishga kela olmaydi”, – dedi vazir.

    Ruslanbek Davletov ta’kidlashicha, Mehnat kodeksining 100-moddasiga binoan, ish beruvchi xodimni ishdan bo‘shata olmaydi.

    “Ko‘pchilik, bu xodimni ishdan bo‘shatish uchun bahona bo‘ladi, deyishdi. Yo‘q bu bunga sabab emas. Ish beruvchi Mehnat kodeksining 100-moddasiga binoan xodimni ishdan hayday olmaydi. Ish beruvchi xodimni ishdan chetlatishi – bu boshqa modda (Mehnat kodeksining 113-moddasi), boshqa huquqiy munosabatlar, boshqa vaziyat, boshqa mohiyat”, – deya aniqlik kiritdi u.

    Adliya vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, Mehnat kodeksining 113-moddasiga binoan, ishchi ishga mast holatda kelsa, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmasa yoki tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarga rioya qilmasa ish beruvchi uni ishdan chetlatish huquqiga ega. Ishdan chetlatish vaqtincha bo‘ladi, shuningdek, ishga qo‘yilmagan vaqtida xodimga ish haqi to‘lanmaydi.

    Ruslanbek Davletov vaksinalar to‘liq o‘rganilmagani haqidagi xabarlarga ham izoh berdi.

    “Bir narsani tushunish kerak, hech bir jamiyatda ilm-fan 100 foiz qabul qilinmaydi. Undan oldin ham shunday bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Yerning shar shaklida ekaniga ishonmaydigan odamlar guruhlari hali ham bor. Ularning o‘z nodavlat tashkilotlari bor, ular Yer shar shaklida emasligiga ishontirishga harakat qiladi. Ya’ni, ular ilmni inkor etadi. Shuning uchun davlat fan yutuqlarini hisobga olib, o‘z siyosatini shu yo‘nalishda olib boradi”, – dedi u.

    Vazirning qo‘shimcha qilishicha, inson huquqlari absolyut huquq bolishi mumkin emas, chunki “bir kishining huquqlari boshqalarning huquqlari boshlanadigan joyda tugaydi”.

    “Davlatga soliq to‘lash majburiyati ham inson huquqlarining cheklanishidir, chunki soliqlar sizning daromadingizni erkin tasarruf etish huquqini cheklaydi. Ammo bu qonunda belgilangani uchun hamma soliq to‘lashga majburdir”, – dedi vazir.

    Mavzuga doir: “O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar orasida o‘lim kuzatilgani yo‘q” — Botir Qurbonov

    Ruslanbek Davletovning ta’kidlashicha, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi majburiy emlash qonuniyligini tasdiqlagan. Ehtimol, biz aprel oyida, Yevropa sudi Chexiyada maktabgacha yoshdagi bolalarni majburiy emlash to‘g‘risidagi qonunga rozi bo‘lmagan bir guruh ota-onalarning da’vosini ko‘rib chiqqanda, bu ishni qonuniyligini ta’kidlab, majburiy emlash demokratik me’yorlarga mos deb topdi.

    Adliya vazirligi boshlig‘ining aytishicha, jamoaviy huquq va manfaatlar individual huquqdan yuqori turadi.

    “Bu yerda jamoaviy immunitet, jamoat xavfsizligi haqida gap ketyapti”, – deydi Ruslanbek Davletov.

    Eslatib o‘tamiz, senatorlar O‘zbekistonda majburiy emlashni nazarda tutuvchi qonunni ma’qullagani haqida xabar berilgandi.

    Bundan avval Toshkentda aholini Moderna vaksinasi bilan emlash boshlangani, O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 170 mingga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlangani hamda O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 7 mln dozadan oshgani haqida xabar berilgandi.

    31.07.2021, 18:12   Izoh (0)   23264
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2021-yilning olti oyida qancha mansabdor shaxsga tegishli choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi

    31.07.2021, 17:32

    Andijon viloyati hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi

    31.07.2021, 17:12

    Senatorlar O‘zbekistonda majburiy emlashni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi

    31.07.2021, 16:10

    O‘zbekistonda odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Norboyeva

    31.07.2021, 15:30

    “Logotipni yaratishga mablag‘ sarflanmagan”. Markaziy saylov komissiyasi Prezident saylovi logotipiga bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi

    31.07.2021, 15:09

    Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi

    31.07.2021, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.