Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 30-iyul kuni koronavirusga qarshi 238 980 doza vaksina qo‘llanildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shundan 168 506 doza birinchi bosqichda, 48 959 doza ikkinchi bosqichda va 21 515 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 7 434 689 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ularning 1 883 370 tasi ikkinchi dozada va 747 221 tasi uchinchi dozada qo‘llanilgan. Emlash jarayoniga qamrab olingan jami aholi soni 4 803 098 nafarni, shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlab bo‘linganlar soni esa 1 192 413 nafarni tashkil qilmoqda.

30-iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (27 160 doza),
  • Toshkent viloyati (24 952 doza),
  • Farg‘ona viloyati (24 455 doza),
  • Namangan viloyati (23 059 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
  • Farg‘ona viloyatida 957 284 doza,
  • Namangan viloyatida 955 597 doza,
  • Andijon viloyatida 825 169 doza,
  • Samarqand viloyatida 689 965 dozani tashkil qilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonga AQShdan koronavirusga qarshi 3 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi keltirilgani, COVAX doirasida O‘zbekistonga yana 660 ming doza AstraZeneca olib kelinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi