O‘zbekistonda 29-iyul kuni koronavirusga qarshi 213 278 doza vaksina qo‘llanildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shundan 145 873 doza birinchi bosqichda, 47 185 doza ikkinchi bosqichda va 20 220 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 7 195 709 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ularning 1 834 441 tasi ikkinchi dozada va 725 706 tasi uchinchi dozada qo‘llanilgan. Emlash jarayoniga qamrab olingan jami aholi soni 4 635 592 nafarni, shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlab bo‘linganlar soni esa 1 170 003 nafarni tashkil qilmoqda.

29-iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (25 424 doza),
  • Andijon viloyati (25 093 doza),
  • Namangan viloyati (21 654 doza),
  • Toshkent viloyati (19 977 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 932 829 doza,
  • Namangan viloyatida 932 538 doza,
  • Andijon viloyatida 798 009 doza,
  • Samarqand viloyatida 668 463 dozani tashkil qilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonga AQShdan koronavirusga qarshi 3 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi keltirilgani, COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga yana 660 ming doza AstraZeneca olib kelinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.