Boks bo‘yicha -60 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Rayhona Qodirova 30-iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasidagi dastlabki jangida qatnashdi.
Qodirova Kongo DR vakilasi Yumba Naomiyega qarshi jang o‘tkazib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi. Rayhonaga keyingi bosqichda amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatris Ferreyra raqiblik qiladi.
Dzyudo bo‘yicha +100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekmurod Oltiboyev esa musobaqa bilan xayrlashdi.
Bronza medali uchun o‘tish jangida qatnashgan Oltiboyev ukrainalik raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. Bekmurod Yakov Xammoga vazari bahosi bilan mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik dzyudochilarning yakkalik bahslardagi ishtiroki yakunladi. 31-iyul sanasidan jamoaviy bahslar boshlanadi.
Yakkalik musobaqasini faqatgina Davlat Bobonov bronza medali bilan yakunladi.
Izoh (0)