Tokio—2020 Olimpiadasining 29-iyul kungi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Yozgi o‘yinlarning rasmiy oltinchi kunida 17 ta medallar shodasi o‘ynaldi.
Umumiy ro‘yxatda Xitoy delegatsiyasi birinchi o‘ringa chiqib oldi. Chin yurti vakillari mezbon Yaponiya bilan bir xil miqdorda (15) oltin medalga ega bo‘lgan, xitoyliklar kumushlar soni bo‘yicha raqobatchisini ortda qoldirmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi bittadan oltin va bronza bilan umumiy ro‘yxatda 28—30-o‘rinda bormoqda.
Shu vaqtga qadar jami 356 ta medal (112 tadan oltin va kumush, 132 ta bronza) o‘z egalariga topshirildi. 66 ta mamlakat vakillari kamida bittadan sovringa ega bo‘ldi. Shuningdek, 39 ta delegatsiya, jumladan, O‘zbekiston ham o‘z hisobiga oltin medal yozdirib qo‘ygan.
Tokio—2020 medallar reytingi (top-10)
1. Xitoy – 15-7-9 (31)
2. Yaponiya – 15-4-6 (25)
3. AQSh – 14-14-10 (38)
4. ROQ (Rossiya) – 8-11-9 (28)
5. Avstraliya – 8-2-10 (20)
6. Buyuk Britaniya – 5-7-6 (18)
7. Janubiy Koreya – 4-3-5 (12)
8. Fransiya – 3-5-3 (11)
9. Germaniya – 3-3-7 (13)
10. Italiya – 2-7-10 (19)
Izoh (0)