Prezident tog‘-kon sanoati texnikasini ko‘zdan kechirib, samosval haydovchisi bilan suhbatlashgani haqida xabar berilgan edi. “Gazeta.uz” suhbatning ba’zi joylarini e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev haydovchi bilan suhbatda mashinaning qulayliklari haqida so‘radi. Davlat rahbari haydovchining maoshi haqida ham savol berdi. “11—12 million, ko‘tarilib boryapti hozir”, — dedi haydovchi.
Prezident undan hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida ham so‘radi. “Uyim yo‘q edi, uyli bo‘ldim. Mashina oldim. Hozir Malibu avtomashinam bor. Sizga rahmat!”, — deb javob berdi u. Shavkat Mirziyoyev “Malibu’ing ham bormi?”, — deya hayron qoldi.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev vaksina ishlab chiqarilishi kutilayotgan Jurabek Laboratories qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishgani, Olmaliqda yangi mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygani hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” konini borib ko‘rgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)