• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Usmoniylarning Yevropadagi ilk yirik mag‘lubiyati. Mehmet II Fotihning Yevropa tomon yurishini to‘xtatib qo‘ygan Belgrad jangi

    1453-yilda Konstantinopolni fath qilgan usmonlilar hukmdori Mehmet II Fotih o‘zining g‘arbga tomon zafarli yurishini davom ettirib, 1456-yilda Belgrad shahrini qamal qiladi. Venger sarkardasi Yanosh Hunyadi bilan to‘qnashgan sulton muhorabada yarador bo‘lib ortga chekinishga majbur bo‘ladi. “Daryo” Usmonli imperiyasining g‘arbga yurishlarini yetmish yilga to‘xtatib qo‘ygan ushbu tarixiy jang haqida hikoya qiladi.

    Urushdan oldingi tarixiy vaziyat

    1453-yilda Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopol Mehmet II boshliq Usmoniylar qo‘shini tomonidan egallangach butun g‘arb — xristian dunyosi qo‘rquv ichida qoladi. Fath natijasida qadimiy Vizantiya imperiyasi tugatiladi va shahar Istanbul deya nomlanib Usmoniylar davlati poytaxtiga aylantiriladi. Anqara jangidan keyin qo‘ldan ketgan qudratni qaytarish uchun sulton Yevropa tomon yurishni maqsad qiladi. Yurish uchun qo‘shin yig‘ish boshlanadi.

    Vizantiya qulatilgach Usmoniylarning navbatdagi raqibi Vengriya qirolligi bo‘lishi aniq edi. Turklarga qarshi ko‘plab janglarda qatnashgan, Vengriyaning asosiy siyosiy arboblaridan biri bo‘lgan general Yanosh Hunyadi Usmonli imperiyasining hujumini avvaldan bilardi va himoyaga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi. Shu maqsadda u yaqinlashib kelayotgan urush oldidan barcha raqiblari bilan tinchlik sulhlari tuzadi. Hunyadi Bolqondagi eng mustahkam shahar-qal’a hisoblanuvchi Belgradga kuyovi Siladi Mixay boshliq garnizonni joylashtiradi.

    Yanosh Hunyadi

    Yanosh Hunyadi
    Foto: Wikipedia

    Qamal

    Mehmet II Fotih 1456-yil Edirnadan Bolqon tomon yurishga chiqadi. Turklar Belgrad ostonalariga yetib keladi va 4-iyul kuni qamalni boshlaydi. Tarixchilarning yozishicha, Usmonli qo‘shini soni 60-70 (ba’zi manbalarda 100-120) ming atrofida bo‘lgan. Siladi Mixay boshchiligidagi qal’a himoyachilari soni esa 5-7 ming kishidan iborat edi.

    Sulton qo‘shinlarini uch qismga bo‘ladi: o‘ng qanotda uch yuzdan oshiq og‘ir artilleriya qurollaring asosiy qismi va ikki yuzdan oshiq kemalar bilan Rumeliya qo‘shini, chap qanotda esa Anadolu turkmanlari qo‘shini joylashadi. Markazni sultonning shaxsiy qorovul qo‘shini va yanicharlari egallaydi. Anadolu va yanicharlar qo‘shini og‘ir qurollangan piyodalardan iborat edi.

    Belgrad qal’asi uch tarafdan Dunay va Sava daryolari suvi bilan o‘ralgan edi. Sulton flotni shaharning shimoli-g‘arbiy qismiga joylashtirib, Belgradga keluvchi ta’minot yo‘lini uzib qo‘yadi va shaharning suv blokadasini tashkil qiladi. Qo‘shinga ortdan hujum bo‘lmasligi uchun sulton Dunay daryosi bo‘yiga sipohiy (otliq) qo‘shinlarni joylashtiradi.

    Qamal haqidagi xabar Vengriya qo‘shinlari qo‘mondoni Yanosh Hunyadiga yetib borganda u Vengriyaning janubida qo‘shiniga kavaleriya (yengil qurollangan otliq qo‘shin) yig‘ish ishlari olib borayotgandi. Uning chaqirig‘iga javoban juda kam zodagon-dvoryan ritsarlar qo‘shinga tarkibiga kelib qo‘shiladi. Qo‘shin safini esa unga kelib qo‘shilgan bir necha ming dehqonlar kengaytiradi.

    Bu paytda Rim Papasi Kalikst III ruhoniy Ioann Kapistranni Belgradni qamaldan ozod qilish uchun salib yurishini tashkil qilishga yuboradi. Ioannning va’zlari Bavariya va Avstriyada katta foyda bermaydi va u Vengriyaga qarab yo‘lga chiqadi. Nihoyat Ioann harbiy tayyorgarlik ko‘rmagan va yomon qurollangan dehqonlar armiyasini yig‘ishga muvaffaq bo‘ladi. Ioann va Hunyadi birgalikda harakat qiladi, ammo ular alohida buyruq beradigan bo‘ladi. Ularning qo‘l ostida 40-50 ming kishilik qo‘shin to‘plandi.

    Belgrad qamali

    Belgrad qamali
    Foto: XV asr turk miniatyurasi

    Belgrad Bolqondagi eng mukammal himoyaga ega shahar edi. 1404-yilda knyaz Stefan Lazerovich Belgradni Serbiya poytaxtiga aylantirgan va shaharda mustahkam qal’a barpo etgandi. Shahar murakkab himoya ega edi: uch qismdan iborat shahar, ichki qal’ada joylashgan saroy va ulkan Donjon (o‘rta asr Yevropasida qal’aning asosiy minorasi), ikki qismli devor, to‘rtta darvoza va Dunay porti. Ushbu qurilish o‘rta asr harbiy me’morchiligining eng qiyin usullaridan biri edi. Qamaldan so‘ng vengerlar qal’a devorning shimoliy va sharqiy qismida darvoza va bir nechta minora quradi.

    Jangning boshlanishi

    14-iyul kuni Yanosh Hunyadi o‘z floti bilan Belgrad shahriga yetib keladi va Dunay daryosida joylashgan turk floti bilan jangga kirishadi. Jang vengerlarning g‘alabasi bilan tugaydi, Usmonlilarning to‘rtta katta va yigirmata kichik kemasi vengerlar qo‘liga o‘tadi. Dengiz blokadasini buzgan Hunyadi qal’aga juda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va qo‘shinini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi.

    Ammo Mehmet II qamalni to‘xtatmaslikka qaror qiladi va bir haftadan so‘ng turk artilleriyasi qal’a devorining bir nechta joyini buzishga erishadi. 21-iyul kuni sulton yalpi hujumga o‘tishga buyruq beradi, turklar shaharni egallab, yuqori qal’aga hujum qiladi. Jang juda shiddatli kechadi. Hunyadi askarlariga qatronli o‘tin va boshqa tez yonuvchan narsalarni shahar bo‘ylab uloqtirib chiqishni, keyin ularni yoqib yuborishni buyuradi. Bu jangda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, turk yanicharlari kuchli olov natijasida qismlarga bo‘linib ketadi va himoyasiz qoldirilgan yuqori qal’a tomon yuradi. Bu yerda ular qurshovga olinib tor-mor etiladi. Shu tariqa hujum qaytarilib, turklar chekinishga majbur bo‘ladi.

    Belgrad jangi xaritasi

    Belgrad jangi xaritasi
    Foto: Twitter

    Ertasi kuni kutilmagan voqea sodir bo‘ladi: Yanosh Hunyadining qal’adan chiqib turklarga hujum qilmaslik to‘g‘risidagi buyrug‘iga qaramay Ioann boshlab kelgan salibchi-dehqonlarning bir qismi buzilgan qal’a devorlaridan o‘tib turk pozitsiyalariga hujum boshlaydi. Halok bo‘lganlarni dafn qilish va dam olish bilan band bo‘lgan turk askarlari bu hujumdan dovdirab qoladi. Turk sipohiylarining hujumni qaytarishga urinishi besamar ketadi va devor ortida turgan qolgan qal’a himoyachilari ham jangga qo‘shiladi. Shu tariqa itoatsizlik bilan boshlangan kichik hujum katta jangga aylanib ketadi.

    Ioann Kapistran dastlab o‘z askarlariga devor ortiga qaytishni buyuradi, ammo kutilmagan hujumdan vahimaga tushib qochayotgan Usmonli navkarlarini ko‘rgach qo‘shinni o‘zi jangga boshlab kiradi. Ioann salibchilari bilan Sava daryosi orqali yurib turk qo‘shinining orqa tarafiga hujum qiladi. Keng miqyosli jang boshlanganini ko‘rgan Yanosh Hunyadi o‘z qo‘shini bilan turklar artilleriyasiga zarba beradi.

    Usmonli askarlari bunday kutilmagan hujumdan talvasaga tushib qoladi va qochishni boshlaydi. Sultonning besh minglik shaxsiy qo‘shini vaziyatni o‘nglashga va lagerni qaytarib olishga harakat qiladi, biroq Hunyadi boshliq vengerlar yetib kelib jangga kirishgach ahvolni o‘nglashning iloji bo‘lmaydi. Sultonning o‘zi shaxsan jangga kiradi, biroq oyog‘iga o‘q tegib jarohat oladi va hushidan ketadi.

    Sulton Mehmet II Fotih

    Sulton Mehmet II Fotih
    Foto: Wikipedia

    Kutilmagan hujum katta talafot va tartibsizliklarga olib keladi, bundan tashqari sultonning qo‘shini ko‘z o‘ngida otdan yiqilishi ham askarlar ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Natijada turklar ortga chekinadi. 50 mingdan ortiq Usmonli askarlari jangda halok bo‘ladi, Belgrad himoyachilari yo‘qotishi esa 10 ming kishini tashkil qiladi. Sarona shahrida o‘ziga kelgan sulton Mehmet II qo‘shinining to‘liq tor-mor etilgani, sarkardalarining o‘ldirilgani, butun artilleriya qurollarining dushman qo‘liga o‘tganini eshitgach zahar ichib o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ladi, ammo uni to‘xtatib qolishadi. Noiloj qolgan sulton omon qolgan qo‘shini bilan Istanbulga qaytadi.

    To‘qnashuv qanday tarixiy ahamiyat kasb etdi?

    Belgraddagi mag‘lubiyat Usmoniylarning Yevropaga yurishlarini yetmish yilga to‘xtatib qo‘yadi. G‘alaba haqida eshitgan papa Kalikst III barcha cherkovlarda peshin qo‘ng‘iroqlarini chalishni buyuradi, keyinchalik bu odatga aylanib hozirga qadar davom etmoqda.

    G‘alabadan uch hafta o‘tib Yanosh Hunyadi vabo kasalligidan vafot etadi. Uch oy o‘tib esa ruhoniy Ioann Kapistran ham vabodan o‘lim topadi. Yanosh Hunyadining o‘limidan so‘ng Vengriya qirolligi ichki urishlar girdobiga tushib qoladi.

    Foto: Google Images

    Natijada 1521-yilda sulton Sulaymon I Qonuniy qo‘shini Belgradni ishg‘ol etadi. 1526-yilda esa Vengriya va uning ittifoqchilari qo‘shini Mohach jangida tor-mor etiladi, qirollik rasman Usmoniylar vassaliga aylanadi.

    Shu tariqa Belgrad jangi Vengriya va Bolqondagi boshqa davlatlarga yana yetmish yil hukmronlik qilish imkonini beradi. Shu bilan birga tarixchilarning fikricha, Belgrad jangi Yevropani turk bosqinidan saqlab qolgandi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng sultonlar sharq yurishlariga e’tibor bera boshlaydi. Mehmet II Fotihning Belgraddagi ehtimoliy g‘alabasi unga Markaziy Yevropa tomon yo‘l ochib berardi, bu paytda ichki urushlardan kuchsizlangan Muqaddas Rim imperiyasi va Yuz yillik urush olib borayotgan Angliya va Fransiya monarxlarida sultonni to‘xtatib qolishi imkoni juda kam edi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    27.07.2021, 07:59   Izoh (0)   63751
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.