Suzish sportida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Xurshid Tursunov 27-iyul, seshanba kuni Tokio—2020 Olimpiadasida o‘z ishtirokini o‘tkazdi.
Tursunov 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha saralash bosqichida qatnashdi. Xurshid marrani 50.14 soniyada bosib o‘tdi. Bu esa yarim final yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lmadi va o‘zbekistonlik sportchi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Ushbu sport turida O‘zbekiston nomidan qatnashadigan yana bir sportchi Natalya Kritina 30-iyul kuni 50 metrga erkin usulda suzish musobaqasida qatnashadi.
Izoh (0)