Dzyudo bo‘yicha -81 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sharofiddin Boltaboyev 27-iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasining bronza medali uchun o‘tish bahsida ishtirok etdi.
Boltaboyev ushbu bahsda gruziyalik Tato Grigalashviliga qarshi tatamiga chiqdi va vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa Sharofiddin ham musobaqani medalsiz yakunladi.
U 1/8 finalda bolgariyalik Ivaylo Ivanovga qarshi bahs yuritib, “oltin ochko” evaziga g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 1/16 finalda vanuatulik Ugo Kumboni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Bungacha -63 kg vazn toifasida harakat qilayotgan dzyudochi Farangiz Hojiyeva Kabo-Verde vakili Sandrin Billetga mag‘lub bo‘lib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagandi.
Taekvondochi Svetlana Osipova esa 1/8 finalda qozog‘istonlik Janzel Denizga qarshi jang qilib, so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatga uchragandi.
Izoh (0)