Taekvondo bo‘yicha -80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich yarim final bahsida qatnashdi.
Unga iordaniyalik Solih ash-Sharabati raqib bo‘ldi. 3 ta raund natijasiga ko‘ra 11:11 hisobi qayd etildi. Belgilangan qo‘shimcha vaqtda “oltin zarba”ni birinchi bo‘lib iordaniyalik sportchi ijro etdi va finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa Nikita bronza medali uchun dayanga ko‘tariladi. Unga Faysal Savadogi (Burkina-Faso) va Toni Kanayet (Xorvatiya) juftligi g‘olibi raqib bo‘ladi. Jang Toshkent vaqti bilan 16:45 da start oladi.
Rafalovich 1/8 finalda Dominikan vakili Moyzes Ernandesni 17:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan, chorak finalda esa ozarbayjonlik Milad Begini yenggandi (12:1).
Izoh (0)