Samarqand viloyati Jomboy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18-iyul kuni tumanning “Beshbola” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida Toshkent—Termiz yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Lada Largus mashinasi yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan 24 yoshli yigitni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Avvalroq Toshkentda Matiz urib yuborishi oqibatida 65 yoshli fuqaro vafot etgani, Navoiyda “Jiguli” va Spark to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani, Surxondaryoda yuk mashinasi va ikki Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani hamda Surxondaryoda avtomobil haydash huquqidan mahrum etilgan shaxs boshqaruvidagi Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.