Daryo

Andijonda 21 yoshli fuqaro boshqaruvidagi yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt’ni urib yubordi

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositalariga zarar yetgan

1 daqiqa o‘qish78 829 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

16-iyul kuni soat 12:45 larda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yuk mashinasi va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, tumanning “Sadda” MFY hududida yashovchi 21 yoshli B.B. MAN yuk mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt avtomobiliga to‘qnashib, YTH sodir etgan.

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namanganda Nexia-3 beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘lgani, yo‘lovchi esa reanimatsiyaga joylashtirilgani, Jizzaxda me’yoridan ortiq yuk ortgan “ZIL” yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib ag‘darilgani, Farg‘onada Damas’ning traktor tirkamasiga urilishi oqibatida bir yo‘lovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar