Toshkent shahar Yashnobod tumanida Matiz piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda shahar IIBB.

Foto: Toshkent IIBB

Qayd etilishicha, 2021-yil 22-iyul kuni taxminan soat 00:30 da Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida 1999-yilda tug‘ilgan H.L. ishonchnoma asosida Matiz (davlat raqami 01 L 697 SV) rusumli avtomobilni boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda – 1956-yilda tug‘ilgan Sh.B.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov davom etmoqda.

Bundan avval Navoiyda “Jiguli” va Spark to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani, Surxondaryoda yuk mashinasi va ikki Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani hamda Surxondaryoda avtomobil haydash huquqidan mahrum etilgan shaxs boshqaruvidagi Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.