Daryo

Surxondaryoda avtomobil haydash huquqidan mahrum etilgan shaxs boshqaruvidagi Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

YTHga yo‘llarning qoniqarsiz ahvoldaligi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish55 854 ko‘rishlar0 izoh0

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti va Nexia avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.

Qayd etilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanidan o‘tgan 4R–101 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida Lacetti rusumli avtomashinasi yo‘ldagi chuqurlardan qochish maqsadida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan va qarshisidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia ichidagi yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Lacetti haydovchisi 2020-yil yanvar oyida spirtlik ichimlik iste’mol qilib mast holatda mashina boshqargani uchun vaqticha transport vositasi boshqarish huquqidan mahrum etilgani aniqlangan.

Bundan avval Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Namanganda mototsikl urib ketishi oqibatida ikki fuqaro shifoxonaga yotqizilgani hamda Chiroqchida ikki Nexia to‘qnashuvida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar