Samarqand viloyati Nurobod tumanida Spark va “Jiguli” avtomashinalari o‘zaro to‘qnashdi, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021-yil 14-iyul kuni soat 19:30 larda Nurobod tumani “Mash’al” mahallasidan o‘tgan yo‘lda Spark avtomashinasi quvib o‘tish qoidasini buzib, ro‘paradan kelayotgan “Jiguli” avtomashinasi yo‘liga chiqib ketgan va to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda “Jiguli” haydovchisi voqea joyida vafot etdi.

“Mening bolam bunday bo‘lishini xohlamagan, hech kimga hech qanday yomonlik qilmagandi”, — deydi Spark haydovchisining onasi.

Bundan avval Surxondaryoda yuk mashinasi va ikki Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani, Surxondaryoda avtomobil haydash huquqidan mahrum etilgan shaxs boshqaruvidagi Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani hamda Namanganda mototsikl urib ketishi oqibatida ikki fuqaro shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi.