Toshkent viloyati Olmaliq shahriga eltuvchi A-373 trassasida yalpi hashar o‘tkazilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda foto va videolar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda ayollar katta yo‘l bo‘yini tozalayotgani, shuningdek, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchilari gul ekayotganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq 24—26-iyul kunlari O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo oqimining kirib kelishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent shahar hokimligi shu munosabat bilan aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragan. “O‘zgidromet” respublika hududida 26-iyul kuni ham anomal issiq saqlanib qolishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)