• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Tokio—2020. Ulug‘bek Rashidovning omadli starti bilan boshlanib, tarixiy natijasi bilan tugagan kunda o‘zbekistonlik sportchilar qayd etgan natijalar

    Tokio—2020 Olimpiadasining 25-iyul kungi musobaqalari yakunlandi. O‘zbekistonlik sportchilar o‘nta yo‘nalishda o‘z ishtirokini o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Akademik eshkak eshish

    Dastlabki kungi musobaqalarda 4-o‘rinni egallagan Shahboz Xolmirzayev va Sobir Safaraliyev juftligi o‘tish musobaqasida qatnashdi. Unda ham to‘rtinchi natijani qayd etgan o‘zbekistonlik sportchilar final yo‘llanmasidan quruq qoldi. Ular 13—18-o‘rinlar uchun kechadigan bahsda ishtirok etadi.

    Taekvondo

    25-iyul kungi bahslar Ulug‘bek Rashidovning (-68 kg) muvaffaqiyatli starti bilan boshlanib, tarixiy finishi bilan yakunlandi. Ulug‘bek 1/16 finalda malilik Seydu Mofanani 38:17 hisobida mag‘lub etdi. O‘zbekistonlik sportchi chorak final yo‘llanmasi uchun jangda 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining 2 karra sovrindori, ushbu vazn toifasining birinchi raqamli sportchisi janubiy koreyalik Li De Hun bilan asosiy vaqtda 19:19 hisobida qayd etdi. Bahs taqdirini hal qilgan “Oltin zarba”da Rashidov 2 ochko qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi. Rashidov 1/4 finalda eronlik Mirhoshim Hussainini 34:22 hisobida yengdi. Rashidov yarim finalda Bosniya va Gersegovina vakili Nedzad Hushichni 28:5 hisobida yengib, O‘zbekiston uchun dastlabki medalni naqd qildi. Finalda esa uch raund yakuniga ko‘ra Bredli Sindenni 32:29 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekistonga dastlabki medalni taqdim etdi.

    Shu tariqa, Rashidov Olimpiada tarixida oltin medalga sazovor bo‘lgan eng yosh o‘zbekistonlik sportchiga aylandi. Shuningdek, bu o‘zbekistonliklar uchun taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yilarida qo‘lga kiritilgan ilk medal bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Boks

    Dastlabki kundagi muvaffaqiyatsiz natijalardan farqli ravishda 25-iyul kuni o‘z chiqishini amalga oshirgan uch nafar o‘zbekistonlik keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bahslarni Tursunoy Rahimova (-51 kg) tarixiy g‘alaba bilan boshladi. 1/16 finalda polshalik Sandra Drabikni yenggan Rahimova Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik ilk ayol bokschi bo‘ldi. Uning keyingi bosqichdagi raqibi turkiyalik Buse Naz Chakiroo‘g‘lu bo‘ladi. Jang 29-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Elnur Abduraimov (-63 kg) azaliy raqibi bo‘lmish Mo‘g‘uliston vakili Chinzorig Baatarsuxga qarshi jang qildi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozonib, 1/8 finalga chiqdi. Nimchorak finalda Abduraimov tojikistonlik Bahodur Usmonovga qarshi ringga ko‘tariladi.

    Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg) irlandiyalik Emmet Brennanni taslim etib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Ro‘zmetov 1/8 finalda kelib chiqishi Kubadan bo‘lgan va Olimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon bayrog‘i ostida chiqayotgan Alfonso Domingesga qarshi jang qiladi.

    Dzyudo

    Dzyudo bahslari muvaffaqiyatsizlik ikkinchi kunda ham davom etdi. Avvaliga Diyora Keldiyorova (-52 kg) mo‘g‘ulistonlik Soserbaram Lxagvasurenga mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi. Sardor Nurillayev (-66 kg) 1/16 finalda Moldova vakili Denis Viyeruga qarshi kurash olib bordi. Unda o‘zbekistonlik sportchi jarohat sabab jangni davom ettira olmadi va Olimpiadadagi yurishini to‘xtatdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Velosport

    Olga Zabelinskaya 137 kilometrga kechgan guruh poygasi yo‘nalishida 67 ishtirokchi orasida 9-bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi. U ushbu masofani 3 soat 54 daqiqa 31 soniyada bosib o‘tdi. Shu tariqa Zabelinskaya velosport bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan ilk o‘zbekistonlik ayol sportchi sifatida tarixga kirdi.

    Sport gimnastikasi

    Oksana Chusovitina saralash bahslarida tayanib sakrash yo‘nalishida 14.166 ochko jamg‘ardi. Biroq bu final yo‘llanmasi uchun kamlik qildi va Olimpiada afsonasi Tokio—2020 dagi ishtirokini yakunladi. Shu tariqa 46 yoshli Oksana o‘zining sakkizinchi Olimpiadasida ishtirok etdi va bu borada mutlaq rekordchiga aylandi. Oksana ushbu Olimpiada professional faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Og‘ir atletika

    -67 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish mashqida 139 kg, siltab ko‘tarishda esa 173 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirdi. Ikki kurash bahslariga ko‘ra Ergashev umumiy hisobda 312 kg og‘irlik bilan musobaqani oltinchi o‘rinda yakunladi.

    Shu tariqa Olimpiadaning ikkinchi kunida O‘zbekiston vakillari bitta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uch nafar bokschi o‘z yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Besh nafar sportchi uchun esa musobaqa yakunlandi. O‘zbekiston delegatsiyasi ikki kunlik natijalar bo‘yicha (1 ta oltin) medallar reytingida 11—16-o‘rinlarni egallab turibdi.

    25.07.2021, 22:19   Izoh (0)   36696
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tokio—2020. 7 ta gol urilgan o‘yinda Fransiya JARni mag‘lub etdi, Ispaniya va Germaniyada g‘alaba, Braziliya esa ochko yo‘qotdi

    25.07.2021, 21:50

    Ulug‘bek Rashidov Olimpiada chempionligini bir necha kun avval vafot etgan amakisiga bag‘ishladi

    25.07.2021, 19:40

    Tokio—2020. Og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev Olimpiadadagi ishtirokini 6-o‘rinda yakunladi

    25.07.2021, 19:38

    Tokio—2020. Dilshod Ro‘zmetov irlandiyalik bokschini mag‘lub etib, nimchorak finalga chiqdi

    25.07.2021, 17:24

    Tokio—2020. Oksana Chusovitina 8-Olimpiadasidagi ishtirokini saralash bahslarida yakunladi

    25.07.2021, 15:13

    Tokio—2020. Elnur Abduraimov mo‘g‘ulistonlik azaliy raqibini mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi

    25.07.2021, 15:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33

    Yevropa aeroportlarda suv olib o‘tish taqiqi bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 14:21

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.