• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston chegarachilari Chorkux aholisining hashar o‘tkazishiga qarshi chiqqan

    24-iyul kuni tongda Isfaradagi Chorkux jamoatidagi “Qummazor” chegara hududida Tojikiston hamda Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Asia-Plus xabar bergan.

    Foto: Asia-Plus

    Foto: Asia-Plus

    Agentlik manbasi bergan xabarga ko‘ra, Chorkux jamoati aholisi “Qummazor”dagi yerda hashar o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

    “Aholi vakillari shanbalikka chiqqan vaqtda qirg‘iz chegarachilari ularning ishlashiga qo‘ymadi. Ular o‘z vatandoshlarini provokatsiya qildi va ular tojikistonliklarga toshlar otishdi, chegarachilar ham fuqarolarimizga qarata o‘q uzdi”, – deya Asia-Plus’ga ma’lumot bergan suhbatdosh.

    Voqeaga guvoh bo‘lganini qayd etgan fuqaroning aytishicha, “Qummazor” qadimgi shifobaxsh yer va har yili hashar yo‘li bilan obod qilinadi.

    “Nima uchun bizga o‘zimizga tegishli ‘Qummazor’ni tozalashimizga xalaqit qilishadi. Bu tarixiy joy, bizning hudud va yuz yillar davomida tojik xalqi dardiga shifo bo‘lgan yer”, – degan agentlik manbasi.

    Shuningdek, Asia-Plus suhbatdoshi tojikistonlik chegarachilar ham qirg‘izistonliklarning hujumiga javob qaytargani, o‘q uzgan askarlarga javob tariqasida o‘q uzganini qayd etgan. Otishma 10-15 daqiqa davom etgan. Biroq yaralanganlar yoki boshqa jarohatlar olganlar haqida ma’lumot berilmagan.

    Foto: Asia-Plus

    Foto: Asia-Plus

    Isfara ma’muriyati matbuot xizmati chegara hududidagi jamoatda ikki mamlakat chegarachilari va aholisi o‘rtasida nizo sodir bo‘lganini tasdiqlagan va shahar hokimi rahbarligidagi delegatsiya voqea joyiga borganligini xabar qilgan.

    Shuningdek, Asia-Plus nashri bergan axborot bo‘yicha mahalliy shifokorlardan biri bir nafar yaralangan askarning shahar kasalxonasiga yuborilganini bildirgan.

    “Bugun mahalliy vaqt bilan taxminan soat 10:30 da ‘Qummazor’ tomondan 2002-yilda tug‘ilgan, o‘ng oyog‘i o‘qotar qurol bilan yaralangan askarni olib kelishdi. Biz unga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatib, Isfaradagi markaziy shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga jo‘natdik. Biz uning qanday qilib yaralangani haqida tafsilotlarni bilmaymiz, ammo uni kasalxonaga olib kelgan sheriklari askarning ehtiyotsizlik oqibatida o‘ziga o‘zi jarohat yetkazib qo‘yganini aytdi”, – degan Chorkux jamoatidagi shifokor.

    Qirg‘iziston OAV chegarada sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha aniq axborot bermagan. “24.kg” o‘z manbalariga tayanib, Botken viloyatidagi qirg‘iz-tojik chegarasida otishma bo‘lganini xabar qilgan.

    “Hodisa bugun taxminan 10:30 da Botken viloyatining ‘Qummazor’ qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Chegarachilar o‘q uzgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yaralanganlar, otishma oqibatida jarohatlanganlar yo‘q”, – deyiladi agentlik xabarida.

    Keyinchalik agentlik hodisa joyiga Qirg‘iziston chegarachilari, mahalliy hokimlik organlari va aholi vakillari yetib kelganini ma’lum qilgan. Xabarda qayd etilishicha, Tojikiston tomoni Qirg‘iziston vakillarining ishlarni to‘xtatish bo‘yicha talabini bajarmagan. Shuningdek, tojikistonliklar Qirg‘iziston fuqarolaridan birini do‘pposlamoqchi bo‘lgan. Ikki tomonning kelishuvga erisha olmasligi oqibatida o‘rtada janjal chiqib, odamlar bir-biriga toshlar uloqtirishni boshlagan.

    Nizo oqibatida tojikistonlik chegarachilar Qirg‘iziston tomonga o‘q uzgan, bunga javoban qirg‘iz chegarachilari ham Tojikiston tomonga o‘q otgan.

    Qirg‘iziston chegarachilari va aholisi orasida mazkur otishma oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

    “24.kg” Botken viloyatida Qirg‘izistonning Botken hamda Tojikistonning So‘g‘d yo‘nalishi bo‘yicha chegara vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lganini ham xabar qilgan.

    “Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qirg‘izistonning ‘Qummazor’ va Tojikistonning ‘Samanyon’ (‘Daxman’) hududida ishlar o‘tkazmaslik yuzasidan kelishuvga erishilgan”, —deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmatining ma’lumotida.

    Bu kabi holatlar yana takrorlanishining oldini olish maqsadida chegara xizmatlari vakillarining o‘z hududlarida qat’iy tartib-intizomga rioya etishiga kelishib olingan. Shuningdek, ikki respublika Ichki ishlar vazirliklarining bo‘linmalari mazkur chegara uchastkalarida patrul tadbirlarini olib boradi.

    Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat tumanlarining rahbarlari hamda viloyatlarning huquq-tartibot idoralari rahbarlari qatnashgan.

    Avval 2021-yil 9-iyulda qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz bergani, qirg‘izistonlik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

    24.07.2021, 22:14   Izoh (0)   32236
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilganlikda ayblanmoqda

    24.07.2021, 18:32

    AQSh Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash uchun 3 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratadi

    24.07.2021, 14:31

    Ozarbayjon Armanistonga tinchlik shartnomasi imzolashni yana bir bor taklif qildi

    23.07.2021, 20:24

    “Tolibon” Ashraf G‘ani hukumati iste’foga chiqsagina, o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini ma’lum qildi

    23.07.2021, 19:25

    Tojikiston va Qirg‘iziston o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun yangi shartnomalar tuzadi

    23.07.2021, 18:58

    Isroil kapsula shaklidagi vaksinani ishlab chiqdi, 1 milliondan ortiq bola koronavirus tufayli yetim qoldi. Koronaxabarlar

    23.07.2021, 17:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda bir kishi bir kunda o‘rtacha 230–270 litr ichimlik suvi sarflaydi — “O‘zsuvta’minot” AJ vakili

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:35

    Eronda jazirama: elektrni tejash uchun davlat idoralari yopiladi

    Dunyo | 5 avgust, 15:25

    Xitoy blokadasi Tayvanning elektr ta’minotini izdan chiqarishi mumkin. Ammo bu hammasi emas — tahlil

    Dunyo | 5 avgust, 15:10

    Jennifer Lopes va uning jamoasi Yerevandagi restoranda tushlik uchun 37 ming dollar to‘ladi

    Shou-biznes | 5 avgust, 15:00

    Barcha bosqichlar tizimli nazoratga olinadi — Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:50

    “Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

    Sport | 5 avgust, 14:43

    Sevimli multfilmlarning tomoshabinlar e’tiroziga sabab bo‘lgan yangi qahramonlari

    Kino | 5 avgust, 14:30

    Germaniya mudofaani kuchaytirmoqda: armiya uchun 770 million yevrolik harbiy texnika xaridi amalga oshirildi

    Dunyo | 5 avgust, 14:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.