• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketilgach elchi Kobulga chaqirib olindi

    Afg‘onistonning Pokistondagi elchisi va yuqori martabali diplomatlari Kobulga chaqirildi. Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “Pokistondagi Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketilgandan so‘ng Islom Respublikasi rahbariyati elchini va yuqori martabali diplomatlarni Kobulga chaqirdi”, — deyiladi Afg‘oniston TIV bayonotida.

    Ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda Afg‘oniston delegatsiyasi “o‘g‘irlash ishi va unga tegishli masalalar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish va choralar ko‘rish uchun Pokistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Yakuniy qaror delegatsiyaning xulosalari asosida qabul qilinadi”.

    Pokiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonning o‘z elchisini qaytarish to‘g‘risidagi qaroridan afsusda va uning qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilmoqda.

    “Pokiston TIV Afg‘oniston hukumatining Pokistondan o‘z elchisi va yuqori martabali diplomatlarini olib ketish to‘g‘risidagi qarori achinarli va qayg‘uli ekanini bildirdi”, — deb yozadi Pokistonning Afg‘onistondagi elchisi Mansur Ahmad Xon Twitter’da.

    Uning ta’kidlashicha, “Islomobodda elchining qizi o‘g‘irlangani va qiynoqqa solingani to‘g‘risidagi xabarlar tekshirilmoqda va bosh vazir ko‘rsatmasi bilan yuqori darajada kuzatilmoqda”.

    Mansur Ahmad Xonning qo‘shimcha qilishicha, “elchi, uning oilasi hamda Afg‘onistonning Pokistondagi elchixonasi va konsulxonalari xodimlarining xavfsizligi yanada kuchaytirildi”.

    “Tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston elchisi bilan uchrashdi, hukumatning ushbu vaziyatda ko‘rgan barcha qadamlarini ta’kidlab o‘tdi va uni to‘laqonli hamkorlikka qayta ishontirdi. Afg‘oniston hukumati qarorini qayta ko‘rib chiqadi deb umid qilamiz”, — dedi Pokistonning Afg‘onistondagi elchisi.

    O‘z navbatida, “Tolibon” Islomoboddagi Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketilganini qoraladi va Pokiston rasmiylaridan o‘g‘rilarni topib jazolashni talab qildi.

    “O‘g‘irlash — bu biz qoralaydigan tajovuz. Bunday harakatlar ikki mamlakat o‘rtasida nafrat paydo qilmasligi uchun biz Pokiston hukumatini jinoyatchilarni hibsga olish va jazolash bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishga chaqiramiz,” — deb yozadi “Tolibon” matbuot xizmati kotibi Suhayl Shohin Twitter’da.

    Eslatib o‘tamiz, noma’lum shaxslar Pokistondagi Afg‘oniston elchisining qizini o‘g‘irlab ketib, qiynoqqa solgan.

    26 yoshli Silsila Alixail 17-iyul, juma kuni velosipedda uyiga qaytayotgan vaqtida o‘g‘irlab ketilgan va besh soatga yaqin “shafqatsizlarcha qiynoqlarga solingan”, deya ma’lum qildi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi.

    Tibbiy hisobotda aytilishicha, qizning tanasida timdalangan joylar, bilaklari va to‘piqlarida arqon izlari bor, shuningdek, boshining ensa qismida gematoma aniqlangan. Asirlikdan ozod etilgach, qiz kasalxonaga yotqizilgan.

    Avvalroq Pokiston bosh vaziri Imron Xon Afg‘onistondagi vaziyat O‘zbekiston va Pokiston uchun judayam tashvishli ekanini qayd etgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketildi va qiynoqqa solindi
    • Jo Bayden ma’muriyati 2,5 ming afg‘onistonlikni AQShga evakuatsiya qilmoqchi
    • BMT Afg‘onistondagi vaziyat tufayli qochqinlarning yirik oqimi paydo bo‘lishidan xavotirda

    19.07.2021, 12:29   Izoh (0)   23845
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” sulh to‘g‘risida kelishuvga erisha olmadi

    19.07.2021, 11:12

    Foto: Ikkinchi yil ham chet ellik ziyoratchilarsiz o‘tayotgan Haj

    18.07.2021, 21:36

    Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketildi va qiynoqqa solindi

    18.07.2021, 21:15

    “Tolibon” Afg‘onistondagi muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish istagini bildirdi

    18.07.2021, 20:35

    Vertolyotda, it qo‘shilgan chanada, qayiqda: vaksinalar dunyoning olis burchaklariga qanday yetkazilmoqda? (foto)

    18.07.2021, 20:14

    Xitoyda Sinopharm vaksinasini bolalarda qo‘llashga ruxsat berildi. Britaniya esa bolalarni ommaviy emlashdan voz kechdi

    18.07.2021, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.