• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2021-yilda soliq tushumlari qanday o‘sdi?

    2021-yilning I yarmida davlat budjeti daromadlari 74,9 trillion so‘mni tashkil qildi yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 16,7 trillion so‘mga (+28,7 foiz) ko‘p bo‘ldi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotiga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hisobot davrida davlat soliq organlari nazoratidagi tushumlar 61,4 trillion so‘mni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 15,5 trillion so‘mga (33,8 foiz) oshdi. Jumladan, Yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash inspeksiyasi nazorati ostidagi tushumlar 40,6 trillion so‘mni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan o‘sish 10,5 trillion so‘mni (35 foiz) tashkil qildi.

    2021-yilning I yarmida bojxona organlari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlar 5,2 trillion so‘mga (52,5 foiz) oshdi va 15 trillion so‘mni tashkil qildi. Davlat budjetining soliq va bojxona organlari tomonidan nazorat qilinmaydigan tushumlari 6 trillion so‘mga yetdi. Bu 2020-yilga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘pdir.

    Skrinshot: Moliya vazirligi

    Skrinshot: Moliya vazirligi

    Bevosita soliqlar

    2021-yilning I yarmida foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar 18,6 trillion so‘mni tashkil etdi, 2020-yilning mos davriga nisbatan tushumlar 6,8 trillion so‘mga oshgan.

    Foyda solig‘i tushumlarining 12,6 trillion so‘mi, ya’ni 67,8 foizi oltin va mis qazib oluvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Iqtisodiyotning qayta tiklanishi, ma’muriyatchilik va soliq qonunchiligiga rioya etilishi yaxshilanishi tushumlarning o‘sishiga olib kelgan. Bunga, shuningdek, foyda solig‘i bazasining o‘sishiga olib kelgan oltin va kumush uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasining 20 foizdan 15 foizgacha kamaytirilishi va oltin narxining 2020-yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 9,8 foizga o‘sganligi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

    10 957 nafar (11,5 foiz) soliq to‘lovchilar faoliyatini zarar bilan yakunlagan, 29 677 nafar soliq to‘lovchi (31,3 foiz) “0” hisobot taqdim etgan, foyda bilan esa 54 323 nafar soliq to‘lovchi (57,2 foiz) hisobot topshirgan.

    2020-yildan boshlab bir yo‘la amortizatsion chegirma joriy qilinganligi (5 yoki 10 foiz) natijasida 2021-yil I choragida 338 nafar soliq to‘lovchining foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasidan chegirilgan summasi 384,8 milliard so‘mni tashkil etdi hamda taxminan, 57,7 milliard so‘m mablag‘ ular ixtiyorida qoldirilgan.

    2021-yilning I yarmida aylanmadan olinadigan soliq tushumlari 932,4 milliard so‘mni tashkil etdi, ya’ni 2020-yilning mos davriga nisbatan 302,7 milliard so‘mga oshgan.

    Tushumlarning o‘sishi 124 ta tuman va shaharda 25 foizdan ortiqni, 22 ta tuman va shaharda 15—25 foizni, 38 ta tuman va shaharda 15 foizgachani tashkil qilgan bo‘lsa, 19 ta tuman va shaharda 2020-yilning mos davriga nisbatan kamayib ketganligi kuzatilgan.

    Hisobot davrida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari 8,8 trillion so‘mni (o‘sish 1,5 trillion so‘m), jumladan, ish beruvchilar tomonidan to‘lov manbayida ushlab qolinadigan soliq 8,1 trillion so‘mni (o‘sish 1,3 trillion so‘m) tashkil etgan.

    Dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar 2021-yilning I yarmida 257,5 milliard so‘mni tashkil qildi, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 98,1 milliard so‘mga ko‘pdir. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar 107,6 milliard so‘mni tashkil qildi — o‘sish 73,1 milliard so‘m. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar 193,4 milliard so‘mni tashkil qilib, 58,2 milliard so‘mga oshgan.

    Bilvosita soliqlar

    Skrinshot: Moliya vazirligi

    Skrinshot: Moliya vazirligi

    2021-yilning I yarmida qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlari 16,8 trillion so‘mni tashkil qildi, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 2,5 trillion so‘mga ko‘pdir.

    Soliq organlari nazoratidagi QQS 12,2 trillion so‘mni tashkil qildi yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 50,5 foizga oshdi.

    Soliq idoralari nazorati ostidagi QQS tushumlarining asosiy qismi neft-gaz tarmog‘i (14,1 foiz), elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari (8,3 foiz), mobil aloqa operatorlari (3,9 foiz), avtomobil sanoati (2,5 foiz), tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari (1,6 foiz) sohalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Bojxona organlari tomonidan undiriladigan QQS 12,2 trillion so‘mni tashkil etdi yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 55,5 foizga o‘sdi.

    Tushumlarning asosiy qismi avtomobil va ehtiyot qismlar (87-tovar guruhi) bo‘yicha 1,4 trillion so‘m (+18 foiz), bug‘doy 313,1 milliard so‘m (+182 foiz), yoqilg‘i 438,5 milliard so‘m (-5 foiz), yog‘och materiallari 301,8 milliard so‘m (-6 foiz), sement 119,5 milliard so‘m (234 foiz) hisobidan shakllangan.

    2021-yilning I yarmida aksiz solig‘i tushumlari 6,3 trillion so‘mni tashkil etdi, ya’ni 8,4 foizga o‘sdi. Bunda 2021-yil 1-fevraldan aksiz solig‘i stavkalarining indeksatsiya qilinishi hisobiga tushumlar quyidagicha o‘zgardi:

    Skrinshot: Moliya vazirligi

    Skrinshot: Moliya vazirligi

    Alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘ining stavkalari indeksatsiya qilinishiga qaramasdan (8-19 foizga) ushbu soliq turi bo‘yicha tushumlar atigi 1,6 foizga (+12 milliard so‘m) o‘sdi.

    Qat’iy belgilangan soliq stavkasining 15,4 foizga hamda advalor stavkasining 9 foizdan 10 foizgacha oshirilishi natijasida tamaki mahsulotlaridan aksiz tushumlari 22,1 foizga (+164,9 milliard so‘m) o‘sdi.

    Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga sotishda aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 20 foiz indeksatsiya qilindi, bu 345 milliard so‘mlik qo‘shimcha tushumlarni ta’minladi.

    Shuningdek, mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasining 20 foizdan 15 foizga kamaytirilishi ushbu soliq to‘lovchilar ixtiyorida 50,4 milliard so‘m qolishini ta’minladi.

    Bojxona idoralari tomonidan 167,2 milliard so‘m aksiz solig‘i undirildi (o‘tgan yilning 1 yarmiida 397 milliard so‘m undirilgan edi). Tushumlarning kamayishiga asosan 2020-yil 1-avgustdan avtomobillar uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi hamda 2021-yil 1-yanvardan boshlab 73 ta tovar importiga aksiz solig‘ining bekor qilinishi sabab bo‘ldi.

    Hisobot davrida bojxona boji tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 917,1 milliard so‘mga (+66,9 foiz) ko‘payib, 2,3 trillion so‘mni tashkil qildi. Bunga valyuta kursining o‘sishi (o‘rtacha 7,3 foizga), ayrim imtiyozlarning bekor qilinishi va import tovarlari tarkibining o‘zgarishi ta’sir qildi.

    Resurs soliqlari

    2021-yilning I yarmida resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha jami tushumlar 2020-yilning mos davriga nisbatan 1,6 trillion so‘mga oshib, 11,3 trillion so‘mni tashkil etgan.

    2021-yilning I yarmi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari qariyb 8 trillion so‘mni tashkil etdi va 2020-yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga o‘sdi. Resurs soliqlarining asosiy qismi — qariyb 70 foiz oldingi yillardagidek yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa to‘g‘ri keladi.

    2021-yilning 1-yanvaridan oltin, palladiy, kumush uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining 20 foizdan 15 foizgacha pasayishiga qaramasdan, qo‘shimcha tushumlar quyidagilar hisobiga ta’minlandi:

    • 2021-yilning I yarmida qimmatbaho metallar bozorida oltin narxining o‘rtacha 9,8 foizga va misning narxi 2020-yilning I yarmiga nisbatan 58 foizga o‘sishi;
    • ayrim qurilish foydali qazilmalari (qurilish qumi, qum va shag‘al aralashmasi, qumtoshlar va qurilish toshlari) uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining bir xillashtirilishi. Qo‘shimcha tushumlar 10,9 milliard so‘mni tashkil etdi.
    Yer qa’ridan olinadigan soliq tushumlarining asosiy ulushi (76,6 foiz) oltin va mis qazib chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan tushumlar 2021-yilning birinchi yarmida 2 barobarga oshdi va 317,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Tushumlarning o‘sishiga quyidagilar sabab bo‘ldi:
    • soliq stavkalarini 15 foizga, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari uchun esa 30 foizga indeksatsiya qilish;
    • birinchi yarim yillikda qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 117,4 milliard so‘m miqdorida soliq to‘langanligi (Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun soliq to‘lash muddati 2021-yilning 15-dekabri etib belgilangan).

    Birinchi yarim yillikda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha tushumlar 2020-yilning shu davri bilan solishtirganda 1 trillion so‘mga o‘sdi va taxminan, 3 trillion so‘mni tashkil etdi. Bunda resurs soliqlari bo‘yicha umumiy tushumlarda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i ulushi 2021-yilda 2020-yildagi 20,5 foizdan 26,7 foizgacha oshdi. Tushumlarning asosiy ulushi (67,6 foiz) yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlarga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha daromadlar quyidagilar hisobiga ta’minlandi:

    • ilgari soliq imtiyozlari berilgan obyektlarga nisbatan mol-mulk solig‘i bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkasini 2 baravarga, yer solig‘i stavkasiga nisbatan pasaytirish koeffitsiyentining 2,5 baravarga oshirilishi. Bunday obyektlarga jamoat temiryo‘llari, magistral quvurlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari, ularni konservatsiya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari va boshqa obyektlar kiradi;
    • qishloq xo‘jaligiga tegishli bo‘lmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha bazaviy soliq stavkalarini 15 foizga indeksatsiya qilish;
    • bunda soliq stavkalarining aniq miqdorlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududlarning iqtisodiy rivojlanishi va nufuziga qarab ushbu stavkalarga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash bilan bazaviy stavkalar asosida belgilanadi;
    • turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort muassasalari, shuningdek, dam olish va onalar sog‘lig‘ini yaxshilash joylari, dam olish uylari egallab olgan yer uchastkalari uchun soliq imtiyozlarining bekor qilinganligi.
    Bundan tashqari, yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlarining o‘sishi 2020-yilning II choragidan boshlab karantin cheklovlari paytida ayrim soliq to‘lovchilarga ushbu soliq turlari bo‘yicha vaqtinchalik soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilganligi bilan bog‘liq.

    2021-yilning I yarmida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha tushumlar ham oshdi, xususan, mol-mulk solig‘i — 84,8 milliard so‘mga va yer solig‘i — 160,6 milliard so‘mga.

    Ushbu turdagi soliqlardan qo‘shimcha tushumlar soliq stavkalarini 15 foizga indeksatsiya qilish va jismoniy shaxslarning ushbu soliqlarni to‘lashining birinchi muddati kelishi (15-aprel) hisobiga ta’minlandi.

    2020-yildan boshlab yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq ikkita soliq to‘lash muddati (15-aprel va 15-oktabr) joriy etildi, 2020-yilgacha bitta to‘lov muddati amal qilgan edi — 15-oktabrgacha. 2020-yilning ikkinchi choragida ishbilarmonlik faolligining pasayishiga olib kelgan koronavirus pandemiyasi boshlanishi munosabati bilan, shuningdek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020-yil 15-oktabrgacha uzaytirilgan edi.

    Boshqa tushumlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar

    Boshqa tushumlar hamda soliq bo‘lmagan to‘lovlar bo‘yicha tushumlar sezilarli darajada ko‘paydi va 9,8 trillion so‘mni tashkil etdi (+35,6 foiz). Ularning asosiy qismi davlat korxonalari (4,3 trillion so‘m) tomonidan to‘lanadigan dividendlarga to‘g‘ri kelmoqda, qolgan daromadlar, xususan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    • davlat daromadiga o‘tkazilgan tovar-moddiy qimmatliklar realizatsiyasidan tushumlar — 255,5 milliard so‘m (2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 63,7 milliard so‘mga oshgan);
    • avtotransport vositalariga utilizatsiya yig‘imi — 120,6 milliard so‘m (ushbu yig‘im 2020-yil 1-avgustdan joriy qilingan);
    • avtotransport vositalari uchun “chiroyli” raqamlar kombinatsiyasi sotilishidan daromadlar — 117,7 milliard so‘m (o‘sish 75,2 milliard so‘m);
    • davlat aktivlarini xususiylashtirishdan daromadlar (budjetga o‘tkaziladigan qismida) — 305,6 milliard so‘m;
    • davlat boji — 843,3 milliard so‘m, yig‘imlar — 909,5 milliard so‘m va jarimalar — 481,7 milliard so‘m.
    Avvalroq ish haqidan soliq to‘laydigan o‘zbekistonliklar soni yil davomida qariyb 500 ming kishiga ko‘payib, 4,64 million nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. Ularning aksariyati haligacha 1 million so‘mgacha miqdorda maosh olmoqda, biroq iqtisodiy faollik o‘sishi bilan 2 million so‘m va undan yuqori miqdorda oylik oluvchilar soni o‘sib bormoqda.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda 2021-yilda biznes yuritish qiymati ma’lum qilindi
    • O‘zbekistonda “Ochiq budjet” portali ishga tushdi. Fuqarolar budjetning bir qismini sarflashda ishtirok etishi mumkin

    18.07.2021, 13:28   Izoh (0)   21447
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda Turkiya korxonasidan bo‘yoq sotib olib, pulini to‘lamagan MChJ rahbaridan 342 mln so‘m va 20 ming dollar undirildi

    18.07.2021, 13:07

    IIB xodimlari qo‘lini sindirganini aytgan andijonlik unga bosim bo‘layotganini, yo‘q qilib yuborish bilan qo‘rqitilayotganini aytmoqda

    18.07.2021, 12:27

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 19-iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    18.07.2021, 11:26

    O‘zbekistonda so‘nggi bir sutkada 507 kishida koronavirus, 436 kishida pnevmoniya tasdiqlandi. Uch bemor vafot etdi

    18.07.2021, 11:05

    Buxoroda 230 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv tozalash inshooti ta’mirlandi

    18.07.2021, 10:25

    Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi

    18.07.2021, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.