Shavkat Mirziyoyevning “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Qurbon hayitida ketma-ket uch kun dam oladi.
Hujjatga muvofiq, 17-iyul (shanba) va 24-iyul (shanba) dam olish kunlari mos ravishda 21- va 22-iyul kunlariga ko‘chiriladi. Ushbu kunlari ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun dam olish kuni bo‘ladi.
Bundan tashqari, 20-iyul kuni Qurbon hayiti munosabati bilan dam olinadi. Shunday qilib, o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun: 20-, 21- va 22-iyul kunlari dam oladi.
Bundan avval O‘zbekistonda Qurbon hayiti nishonlanishi bo‘yicha ma’lumot berilgandi.
Izoh (0)