Xalqaro press-klub yig‘ilishida 13-iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Hamidjon Ishmatbekov Qurbon hayiti bayramining nishonlanish kunini e’lon qildi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayitini 20-iyul kuni o‘tkazish bo‘yicha xulosa berdi. Shunga ko‘ra, yurtimizda hayit bayramini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Bir necha kundan beri jamoat namozlari, juma namozlari tashqarida o‘qilyapti. Hayit namozi ham shunday: masjid tashqarisida masofa saqlangan holda o‘qiladi”, – dedi Ishmatbekov.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 28-iyundan boshlab masjidlarda jamoat namozlarini ochiq havoda amalga oshirish tavsiya etilgandi.
Izoh (0)