• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2021-yilda biznes yuritish qiymati ma’lum qilindi

    O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), PricewaterhouseCoopers va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda 12-iyul kuni “O‘zbekistonda biznes yuritish qiymati 2021” nashri e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qilmoqda.

    Mazkur nashr biznesning asosiy xarajatlarini, shu jumladan, korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish, ish haqi bo‘yicha xarajatlar, soliqlar va soliq imtiyozlari, litsenziyalash, tashqi savdo tartibotlari, bojxona to‘lovlari va preferensiyalari, biznes xizmatlari, moddiy-texnika ta’minoti va O‘zbekistonga tegishli boshqa turdagi ishbilarmonlik masalalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli ma’lumot taqdim etadi.

    Shuningdek, ushbu nashr tashqi savdo bo‘yicha umumiy qo‘llanmani o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi, eng qulay savdo-sotiq tartibi bo‘yicha bitimlar va O‘zbekiston bilan amaldagi erkin savdo shartnomalariga ega bo‘lgan davlatlar ko‘rsatilgan.

    Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqovning qayd etishicha, mazkur nashrda yangi biznes ochish jarayonlari, viza olish, soliq va bojxona to‘lovlarini amalga oshirish tartiblari bayon etilgan. Biznes xizmatlar bozoridagi mavjud masalalar, xususan, moliya va sug‘urta, fond bozori va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi imkoniyatlar qamrab olingan. Bundan tashqari, logistika xarajatlari, ijtimoiy-maishiy xizmatlargacha bo‘lgan biznes uchun muhim bo‘lgan jihatlar batafsil keltirilgan.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hisobot faqatgina biznes uchun foydali emas. U O‘zbekistonda biznes yuritish jarayonlarini yanada rivojlantirish va soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun muhim indikator hisoblanadi.

    “O‘zbekistondagi islohotlar ortga qaytmas tus olib bo‘ldi va ular iqtisodiyotning bozor tamoyillarini rivojlantirish hamda real investitsion loyihalarga biznes g‘oyalarni samarali mujassam etish uchun eng maqbul ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga sodiq bo‘lgan yangi O‘zbekistonga aylanishga qaratilgan”, — dedi u.

    Nashr 6 bo‘lim, 190 sahifadan iborat. Birinchi bo‘limda qanday qilib biznes ochish, buning uchun zarur bo‘lgan litsenziya va ruxsatnomalar, buning uchun talab qilinadigan xarajatlar, xodimlarni qanday tanlash, idora uchun ko‘chmas mulkni ijaraga olish yoki xarid qilish, xomashyoni qayerdan topish bo‘yicha bosqichma-bosqich hikoya qilinadi.

    Ikkinchi bo‘lim soliqlar va yig‘imlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda soliq rejimlari, soliq turlari va stavkalari, imtiyozlar va preferensiyalar, bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imlari, bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati, maxsus iqtisodiy zonalar va boshqalarga bag‘ishlangan.

    “Biznes xizmatlari” deb nomlangan uchinchi bo‘limda bank xizmatlari, kreditlash va lizing, sug‘urta, pul o‘tkazmalari, fond bozori, ko‘chmas mulkni baholash, telekommunikatsiya xizmatlari va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

    To‘rtinchi bo‘limda ijtimoiy va maishiy xizmatlar, ya’ni Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlari, turli xil o‘quv kurslarida o‘qish, tibbiy xizmatlar, sport va fitnes sohasidagi xizmatlar, oziq-ovqat, jamoat transporti narxlari va boshqalar haqida so‘z boradi.

    Beshinchi bo‘limda resurslar, aniqrog‘i, O‘zbekiston hududlari va ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlari haqida batafsilroq so‘z boradi. Shuningdek, bu bo‘limda shaharlar orasidagi masofalar, hokimliklar va Savdo-sanoat palatasi manzillari ko‘rsatilgan.

    Oltinchi bo‘lim turli xil ilovalarni taqdim etadi. Masalan, ommaviy kimoshdi savdosida xususiylashtiriladigan korxonalar ro‘yxati, shuningdek, vazirlik va idoralar, hakamlik sudi, markazlar va idoralar, banklar, aksiyadorlik jamiyatlarining bog‘lanish uchun ma’lumotlari, asosiy davlat xizmatlariga foydali havolalar va boshqalar.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda 2021-yilda 140 mingdan ortiq ishsiz yoshlar biznesga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi
    • O‘zbekistonda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilmoqda

    13.07.2021, 22:10   Izoh (0)   37182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda 23 yoshli yigit shifoxonada ishlovchi tanishining yuzini kuydirib, uning 7,5 mln so‘mlik tilla taqinchoqlari va telefonini olib qochdi

    13.07.2021, 21:42

    Namanganda yog‘gan do‘l va uning oqibatlari – suratlarda

    13.07.2021, 21:26

    Buxorodagi OTMda koronavirusni tez fursatda aniqlash va aniq tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan ilmiy laboratoriya ish boshladi

    13.07.2021, 21:12

    “Islom dinida vaksina olishga taqiq yo‘q” – Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari

    13.07.2021, 20:41

    Surxondaryoda 13 yoshli jiyaniga “KamAZ” haydashga ruxsat bergan fuqaroga chora ko‘rildi

    13.07.2021, 20:25

    Prezident Mirziyoyev Qurbon hayitini karantin talablariga amal qilgan holda oila davrasida o‘tkazish afzalligi haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yi...

    13.07.2021, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.