Volgograd viloyatida 1994-yilda ishlab chiqarilgan yorqin qizil rangli “VAZ-2106” sotuvga qo‘yildi. Hozirga qadar 900 kilometr yo‘l bosgan avtomobil ajoyib holatda saqlangan. Noyob “vaqt kapsulasi”ning egasi mashinani 550 ming rublga (7,6 ming dollar) baholagan, deb xabar beradi Motor. Bu pulga O‘zbekistonda Optimum Plus jamlanmasidagi yangi Spark xarid qilish mumkin.

Foto: “Auto.ru”

Sotuvga qo‘yilgan “VAZ-2106” juda yaxshi holatda saqlangan. Sedanning kuzovi va ostki qismlarida korroziya alomatlari yo‘q, xromlangan barcha detallari yangidek. Shuningdek, mashina salonida hech qanday yemirilish izlari mavjud emas. Avtomobilning old o‘rindiqlari mato bilan qoplangan, yukxonasida esa zavoddagi plombalari saqlanib qolgan.

Foto: “Auto.ru”

“VAZ-2106” 64 ot kuchiga ega 1,3 litrli karbyurator motor yordamida harakatga keladi. Agregat to‘rt pog‘onali mexanik transmissiya yordamida boshqariladi. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, 27 yil davomida mashina iliq garajda saqlangan.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Avvalroq Peterburgda 22 yil garajda saqlangan yangi “VAZ-2104” topilgani, Moskvada ideal holatdagi Lada kolleksiyasi 210 ming dollarga sotilayotgani, Rossiyada zavod plombalari olinmagan 26 yillik “Jiguli” yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”