Bugun, 27-aprel kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida qor yog‘di.
Avvalroq, iqlimshunos Qozog‘iston va Qamchiq dovonida yog‘ayotgan qor havoni pastroq sezish hodisasini keltirib chiqarishini aytgan edi.
Qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari hamda Qamchiq dovonida ham qor yog‘di.
Antisiklonning kirib kelishi havoning to‘yinishini va yog‘ayotgan yog‘ingarchilikni kristall ko‘rinishga olib keladi, bu qor degani.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida — dengiz sathidan 2 kilometr yuqorida 0 darajaga yaqin harorat kuzatilmoqda. Qozog‘istonning markaziy hududlarida esa harorat 0 darajadan past va qor bor, — dedi Erkin Abdulahatov.
“O‘zgidromet” bunday havo O‘zbekiston hududiga qanday ta’sir qilishi, sovuq urish prognozlari haqida ma’lumot bermadi. Dehqon va bog‘bonlarga xavf bormi, agar bo‘lsa ular buni kamaytirish bilan bog‘liq himoya choralarini ko‘rishi haqida hozircha tushuntirish yo‘q.
Izoh (0)