Bloger Roma Urraco 1985-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar ideal holatda saqlangan “VAZ-2106”ning videosi bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “Quto.ru”.

Kadr: YouTube

Videodan ko‘rish mumkinki, avtomobil ideal holatda saqlangan — uning egasi mashinaga juda e’tibor bilan qaragan. Mashina 35 yildan buyon 6219 kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, “umri”ning asosiy qismini garajda o‘tkazgan.

Avtomobil saloni ham ajoyib holda saqlangan, zavoddan chiqqan qora o‘rindiqlari sun’iy charmli jigarrang mato bilan qoplangan. Dvigateli esa o‘ziniki — 64 ot kuchiga ega 1,3 litrli benzin motor.

Bundan tashqari “vaqt kapsulasi” yukxonasidan avtomobil konveyrdan chiqqanidan beri saqlangan qiziqarli buyumlar topilgan. Masalan, rolik muallifi anjomlar jamlanmasi, texnik xizmat ko‘rsatilgani bo‘yicha original hujjatlarni namoyish etgan.

Avvalroq deyarli yo‘l yurmagan, ideal holatdagi “Moskvich”, shuningdek, 38 yoshli “Kopeyka” yangi Lada Vesta Sport narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.