Sankt-Peterburgda 22 yil davomida garajda saqlangan mutlaqo yangi “VAZ-2104” topildi. Mazkur universal 1999-yilda avtosalondan xarid qilingan, biroq qandaydir sabablarga ko‘ra, undan foydalanilmagan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Instagram / Andrey Osipov

1999-yildan 2021-yilga qadar “VAZ-2104” quruq garajda saqlangani sabab xuddi zavoddan chiqqan holatdagidek saqlangan. Mashina kuzovi, saloni va harakatga keltiruvchi qismlari — yangi avtomobilnikidek.

“VAZ-2104”ning yagona kamchiligi — chap tomonidagi biroz egilgan joyi. Kapotni bo‘yamasdan turib to‘g‘rilash mumkin, qanotni ta’mirlash esa biroz murakkab, chunki zarba tekkan joyida zanglash alomatlari mavjud.

Foto: Instagram / Andrey Osipov

Foto: Instagram / Andrey Osipov

22 yil davomida “VAZ-2104” 282 kilometrgina yo‘l bosgan, shu sababli mashinada 1990-yillarning oxiriga tegishli artefaktlarni uchratish mumkin. Original zaxira g‘ildiragi va “aptechka”, orqa o‘rindiqlarning paketlari, oynalardagi shtampniklar saqlanib qolgan. O‘lchami 175/70/ R13 bo‘lgan “BL-85” shinalari ham zavoddan chiqqan holidek turibdi.

Foto: Instagram / Andrey Osipov

Foto: Instagram / Andrey Osipov

Gap “yaxshilangan” “VAZ-21043” haqida ketayotgan ekan, mashina kapoti ostidan 71 ot kuchi va 104 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir 1,5 litrli karbyurator motor o‘rin olgan. Agregat 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: Instagram / Andrey Osipov

Foto: Instagram / Andrey Osipov

Ushbu “VAZ-2104”ning qiymatini baholash biroz murakkab, chunki bu kabi universallar katta tirajlarda chiqqan. Ammo so‘nggi vaqtlarda topilgan minimal daraja yo‘l bosgan “Jiguli”lar yangi Lada Vesta narxida sotilmoqda.

Avvalroq Rossiyada zavod plombalari olinmagan 26 yillik “Jiguli” yangi BMW X3 narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.