• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ammiak va karbamid zavodi yangi texnologiyalarda ishlamoqda

    2016-yilning sentabrida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati bazasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha kompleks qurilishi boshlangan bo‘lib, Enter Engineering kompaniyalari guruhi bu loyihada subpudratchi sifatida qatnashdi. Enter Engineering kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik ЕРС pudratchi va Markaziy Osiyo, Rossiya bozorlarida, sanoat qurilishida tan olingan yetakchidir. Kompaniya neft-gaz, kimyo, energetika va fuqarolik obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Enter Engineering mijozlari: Lukoil, AK Transneft, Arcticgas, Achimgaz, Severneftegazprom, O‘zbekneftgaz, O‘ztransgaz, Mitsubishi Heavy Industries, Hyundai Engineering, Oltin yo‘l GTL, Samarqand turistik markazi, Natural Gas Stream, Surhan Gas Chemical Operating Company, Jizzakh Petroleum va boshqa neftni qayta ishlash kompaniyalari hisoblanadi.

    Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad, “Navoiyazot” AJ negizida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar asosida ishlovchi, yangi majmuani tashkil etish edi.

    Joriy yilning aprel oyida majmuani qurish va uni modernizatsiyalash ishlari to‘liq yakunlandi. Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lib, shundan 110 million dollarlik ishlar Enter Engineering kompaniyalari guruhi hissasiga to‘g‘ri keldi. Loyihadagi o‘z hissasini amalga oshirish uchun kompaniya tomonidan 2235 nafar mahalliy va xorijlik ishchilar va mutaxassislar jalb etildi. Shuningdek, 110 ta texnikadan foydalanildi. Kompaniya quruvchilari va mutaxassislari umumiy qurilish va ishga tushirishdan avvalgi sozlash-o‘rnatish ishlarini, jumladan, metall konstruksiyalarni montaj qilish, zanglashga qarshi ishlov berish, texnologik quruvlarni montaj qilish va payvandlash, texnik uskunalarni montaj qilish, nazorat-o‘lchash asboblarini o‘rnatish kabi katta hajmdagi ishlarni bajarishdi.

    Texnologik uskunalarning aksariyat qismi Yaponiya va Yevropadan import qilindi. Majmua bunyodkorligi Mitsubishi Heavy Industries Ltd hamda Mitsubishi Corporation nomli Yaponiya konsorsiumi kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyalarining katta qismi ammiak va karbamid ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalarni ishlab chiqarish borasida, dunyoda eng ilg‘orlardan sanalgan Daniyaning Haldor Topsoe, Italiyaning Saipem va Gollandiyaning Uhde Fertilizer Technology kompaniyalaridan olindi. Ishlab chiqarish kompleksi qurilishining texnologik bosqichlarida foydalanilgan eng zamonaviy va innovatsion texnologiyalar ekologik zararsizligi hamda energetik samaradorligi jihatidan dunyodagi eng so‘nggi ishlanmalar hisoblanadi.

    Loyihaning amalga oshirilishi va obyektni modernizatsiyalash natijasida “Navoiyazot” AJning 1964-yilda qurilgan, eskirgan va energiyani ko‘p sarflovchi ammiak ishlab chiqarish bo‘yicha 1 va 2-sexlari yopildi. Majmuada yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqariladi. 330 000 tonna ammiak yangi karbamidni ishlab chiqarish uchun, qolgan 330 000 tonnasi esa amalda ammiak selitrasi ishlab chiqarish bilan band korxonalarga yo‘naltiriladi. Ammiak azot asosidagi o‘g‘itlarni, turli kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishda, karbamid esa farmatsevtikada, yengil va kimyoviy sanoat ishlab chiqarish sohalarida ishlatiladi. Majmua to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, respublikadagi kimyoviy ishlab chiqarish sohasi ko‘rsatkichi 9,5 foizga oshadi.

    Qishloq xo‘jaligi sohasida karbamidga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qondiriladi. Xususan, agrotexnikaviy ishlov berish davrida donli ekinlar va paxtazorlarni karbamidli qo‘shimcha mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, majmuada ishlab chiqarilgan mahsulotni Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘oniston, Turkiya, Ukraina va Gruziyaga eksport qilish istiqbollari yuzaga keladi.

    Enter Engineering matbuot xizmati

    07.07.2021, 10:30   Izoh (0)   24573
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatining sobiq hokimi Kozim To‘laganov qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

    07.07.2021, 10:28

    O‘zbekistonda OTMga kirishda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar abituriyent uchun Prezident granti joriy etildi

    07.07.2021, 10:15

    “Kasallikdan keyingi antitanalar ma’lum bir shtammga ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli baribir emlanish kerak” — ekspert

    07.07.2021, 09:42

    Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi tasdiqlandi

    07.07.2021, 09:26

    Surxondaryoda mahalla raisi o‘rinbosari 140 qop unni aholiga sotib, tushgan pulni o‘zlashtirgani aniqlandi

    07.07.2021, 08:39

    O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uy-joylarning seysmik mustahkamligi baholanadi

    07.07.2021, 08:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.