Kozim To‘laganov qurilish vazirining o‘rinbosari – Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Nigoh” kanali.
Ma’lumot uchun, Kozim To‘laganov 2017-yildan buyon qurilish vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Prezidentning 2021-yil 3-apreldagi PQ-5053 sonli qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-maydan boshlab “Qurilish vazirining o‘rinbosari – Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i” lavozimi tugatilib, “Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i” lavozimi joriy etilgan.
Qurilish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Kozim To‘laganov bugungi kunda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
Shuningdek, Kozim To‘laganov (1949-yilda tug‘ilgan) 1994—2001-yillarda Toshkent shahriga, 2004—2005-yillarda esa Toshkent viloyatiga hokimlik qilgan, 2001—2004-yillarda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan.
Avvalroq Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani, ko‘p o‘tmay u Toshkent metropoliteniga rahbar etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)