• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Quvg‘inlikdan millat qahramoni bo‘lishga qadar. Italiyani uzoq kuttirgan hujumchi — Chiro Immobile

    Yevro—2020 boshlanishidan avval musobaqaning to‘purari kim bo‘lishi haqida muhokamalar bo‘lib o‘tgandi. Negadir Chiro Immobilening ismi deyarli tilga olinmadi.

    Foto: Emmefoto

    Foto: Emmefoto

    Chiro “Stadio Olimpiko” stadionidan uzoq bo‘lmagan joyda istiqomat qiladi va “Latsio” sharafini himoya qiladi. 2019/20-yilgi mavsumda 36 ta gol urib, “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan edi. O‘sha vaqtda u bir mavsumdagi gollari soni bo‘yicha A Seriya rekordini takrorlagandi (Jino Rosetti 1928/29-yilgi mavsumda, Gonsalo Iguain 2015/16-yilgi mavsumda 36 ta gol urgan).

    O‘tgan mavsumda esa bu natijani takrorlay olmadi. Shunday bo‘lsa ham raqiblar darvozasiga 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning A Seriyadagi statistikasi: 260 o‘yinda 155 ta gol. Yomon emas.

    31 yoshli hujumchining Yevro—2020 dastlabki ikki turida Turkiya va Shveysariya darvozasini ishg‘ol qilishi hayratlanarli emas.

    Hozirda uning natijalarini tanqid qilish ham g‘alati bo‘lardi, lekin yashirmaslik kerak, Chironing terma jamoadagi ishlari doim ham ko‘ngildagidek kechmaydi. 2017-yil JCh—2018 yo‘lida Shvetsiyaga qarshi pley-off o‘yinida Italiya birorta gol ura olmagan, Immobile o‘sha bahsda hujum chizig‘ida o‘ynagandi. Shu tariqa terma jamoa 1958-yildan keyin ilk marta Jahon Chempionatiga chiqa olmagan edi. Aslida bu Chiro uchun ikki yil davom etadigan golsiz seriyaning boshlanishi edi. “Gol ura olmasangiz, yuragingizdagi og‘riq kuchayib boraveradi”, — tan oladi Chiro 2019-yil sentabr oyida Finlyandiya darvozasini ishg‘ol qilganidan so‘ng. “To‘g‘risini aytganda, boshqalarning muammoni bo‘rttirib ko‘rsatishga bo‘lgan urinishlari menga og‘ir botdi”, — degandi Immobile.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Roberto Manchini Italiya terma jamoasi murabbiyiga aylanganidan so‘ng uning oldida qiziq bir dilemma paydo bo‘ldi: dunyoning eng yaxshi to‘purar futbolchilaridan birini termaga chaqirishi mumkin, lekin o‘sha hujumchining terma jamoa uchun foydasi juda kam teggan. Arzirmikan?

    Dastlab Manchini tanqidchilarning ovozini o‘chirish uchun Mario Balotelliga “yuzinchi” imkoniyatni berdi. Keyin esa tezkor Kevin Lazanye va ikkinchi qavat qiroli Leonardo Pavoletti o‘z imkoniyatiga ega bo‘ldi. Hammaning yodidan chiqib ketgan noyob iste’dod sohibi Pyetro Pellegri ham terma jamoadan chaqiruv oldi. Qanchadir muddat Moyze Kin va Fabio Kualyarella juftligi ishonchli harakat qildi.

    Italiya hujumchisiz o‘ynagan vaqtlarda Immobile xursand bo‘lmagani aniq. Masalan, Ukrainaga qarshi o‘yinda (2018-yilda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi) Federiko Bernardeski “yolg‘onchi to‘qqizlik” vazifasini bajardi. Manchini Chiroga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgandek tuyulgandi, aslida esa unday emas. U klub darajasida juda yaxshi harakat qilardi. Ammo murabbiyning shubhalari chekinmagandi, u hujumchining o‘ziga bo‘lgan ishonchsizligi ortda qolishini kutardi. Saralash bosqichida italiyalik mutaxassis “Peskara”dan bo‘lgan davolab bo‘lmas kashanda Zdenek Zeman tarbiyalagan Insinye, Veratti va Immobile uchligidan foydalanishga qaror qildi. Futbolchilar bir-birini juda yaxshi tushunardi va hujumni yaxshi ko‘rardi, shuning uchun Manchini ularga imkon berayotganidan xursand edi.

    Barchasi ko‘ngildagidek bo‘lmadi, lekin Manchinining murabbiylik uslubi Chiroga ajoyib ta’sir o‘tkazdi. Millatlar Ligasida Niderlandiya darvozasini ishg‘ol qila olmagan Immobilega Manchini: “Polshaga gol urasan”, — degan edi.

    Bu orada Stefano Sensi, Nikolo Barella va Lorenso Pellegrini kabi yarim himoyachilar gol urardi. Ko‘pchilikda Italiyaga hujumchi kerakmikan, degan savol paydo bo‘ldi, lekin Manchini darrov tanqidchilarning og‘zini yopdi: “U qachon maydonga chiqsa, bizni xursand qilgan”. U hujumchining “Latsio”dagi 20 ta golini ta’kidlardi.

    “Biz doim ham ko‘risha olmaymiz, bu esa barchasini murakkablashtiradi. Agar 38 ta o‘yin ketma-ket o‘tkazganimizda, Chiro Italiya uchun 25 ta gol urardi”.
    Vaqt o‘tishi bilan Italiya unga mos uslubni tanladi. Immobile Yevro—2020 ning ochilish o‘yinida Italiya safidagi 14-golini urdi. Bu uning yirik musobaqalardagi dastlabki gol edi (JCh—2014 va Yevro—2016 da asosiy futbolchi emasdi). Ammo hozirgi jamoada uni qadrlashlarini va unga ishonishlarini his qiladi, demak gollar ham yetarlicha bo‘ladi. Italiya terma jamoasi uy o‘yinlarini “Latsio” stadionida o‘tkazishi shunchaki tasodif emas.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Italiyada hujum chizig‘i bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi. Chiro Immobile har bir o‘yinda gol urishga tayyor.

    Italiya terma jamoasi Yevro—2020 ning A guruhida 9 ochko to‘plab, birinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Nimchorak finalda “Skuadra Adzurra” Avstriyani 2:1 hisobida taslim etdi. Chorak finalda esa Belgiyani ham xuddi shunday hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘l oldi. Chiro Immobile hisobida hozircha 2 ta gol mavjud.

    6-iyul, seshanba tunida Yevro—2020 musobaqasining yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Italiya “Uembli” stadionida Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

    06.07.2021, 15:01   Izoh (0)   15452
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oltin to‘p” reytingidagi keskin o‘zgarish, Braziliya yana finalda va “Barselona” bilan sudlashishga tayyor futbolchilar. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    06.07.2021, 10:00

    Amerika Kubogi—2021. Braziliya Peruni mag‘lub etib, finalga chiqdi

    06.07.2021, 08:28

    Test: “Manchester Yunayted”ning super kambeki qaysi stadionda bo‘lgan, YChLda 7 xil klub safida o‘ynagan yagona o‘yinchi kim? Chempionlar Ligasi haqidagi bilimlari...

    05.07.2021, 19:29

    Yashil soch Neymar, Tokio—2020 yo‘lidagi “parvoz” va Yevro—2020 ehtiroslari. Iyun oyining eng sara suratlari (foto)

    05.07.2021, 17:40

    “Nasaf” — “So‘g‘diyona” uchrashuvida ommaviy janjal yuzaga keldi. O‘yinni “Neftchi” futbolchisidan tepki yegan Shavkat Nasibullayev boshqarib borayotgandi (video)

    05.07.2021, 01:06

    Toshkentga qaytayotgan Jaloliddinov, Dubayni tark etgan Masharipov, hal qiluvchi pallaga kirgan Yevro va Kopa Amerika. Sportga oid eng so‘nggi xabarlar dayjesti

    04.07.2021, 23:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10

    Superliga. “Andijon” kambek qilib, “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 26 iyun, 22:10

    Tramp Netanyaxuga qarshi ishni darhol to‘xtatishni talab qildi

    Dunyo | 26 iyun, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.