• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Oltin to‘p” reytingidagi keskin o‘zgarish, Braziliya yana finalda va “Barselona” bilan sudlashishga tayyor futbolchilar. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 6-iyul tongining muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Tojikistonda “CAFA U-17 Women’s Championship—2021” musobaqasi davom etmoqda. O‘zbekiston U-17 ayollar terma jamoasi 2-turda Eron vakillari bilan kurash olib bordi. Leyla Rustullayevaning dubli o‘zbekistonlik qizlarga g‘alaba keltirdi. Avvalroq O‘zbekiston mezbon jamoaga qarshi o‘yinda durang qayd etgandi.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Jahon

    Yevro—2020 yarim final uchrashuvlari start oladi. 6-iyuldan 7-iyulga o‘tar kechasi Italiya va Ispaniya o‘rtasida dastlabki yarim final bahsi bo‘lib o‘tadi. Ertasi kuni esa Angliya va Daniya masalaga oydinlik kiritadi. Har ikki o‘yin 00:00 da boshlanadi.

    UEFA Yevro—2020 yarim final va finalida foydalaniladigan to‘pni namoyish qildi. To‘p London timsollari bilan qoplangan — hal qiluvchi uchta o‘yin aynan o‘sha yerda bo‘lib o‘tadi.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Italiya terma jamoasining Yevropa chempionatida kashfiyoti Leonardo Spinatssola muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Avvalroq futbolchi musobaqa chorak finalida Belgiya qarshi o‘yinda tovon paylarini shikastlab olgan va uzoq muddatga safdan chiqqandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Kopa Amerika—2021 ning dastlabki yarim finali bo‘lib o‘tdi va Braziliya terma jamoasi Lukas Paketaning yagona goli evaziga Peruni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Tite shogirdlari hal qiluvchi bahsda Argentina — Kolumbiya uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

    Goal nashri “Oltin to‘p”ga da’vogarlar reytingini yangiladi. Unga ko‘ra, Unga ko‘ra Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi yetakchiga aylangan. Avvalroq Messi 6-o‘rinda borayotgandi. Ro‘yxat bilan tanishing:

    1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina);

    2. Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha);

    3. Ngolo Kante (“Chelsi”, Fransiya);

    4. Romelu Lukaku (“Inter”, Belgiya);

    5. Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya);

    6. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya);

    7. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya);

    8. Rahim Sterling (“Manchester Siti”, Angliya);

    9. Erling Holand (“Borussiya D”, Norvegiya);

    10. Neymar (“PSJ”, Braziliya).

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Robert Levandovski muxlislar tanloviga ko‘ra “Bavariya”ning 2020/21-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Polshalik futbolchi ovozlarning 76,8 foiziga egalik qilgan. Keyingi o‘rinlardan Tomas Myuller (10,3%) va Yozua Kimmix (6,9%) joy oldi.

    Braziliyalik yarim himoyachi Mateus Fernandes “Barselona”gi sudga beradi. Avvalroq katalon klubi o‘yinchi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilgandi. Marca xabariga ko‘ra, Fernandes klubning bu harakatidan norozi bo‘lgan va “Barsa”ni sudga bermoqchi. “Barselona” futbolchini 2020-yilning yozida “Palmeyras”dan 7 million yevro evaziga sotib olgandi.

    Gap shundaki, katalonlar Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash va boshqa transferlarni amalga oshirish uchun futbolchilarini sotishi yoki maoshlar vedomostini qisqartirishi kerak. Shu sabab jamoa Frenandes bilan shartnomani bekor qildi. Bu ishni Samyuel Umtiti va Miralem Pyanich bilan ham qilmoqchi. Biroq fransiyalik va bosniyalik futbolchilar bunga rozi bo‘lmadi. Umtiti bu ish amalga oshsa, FIFAga arz bilan chiqishni xohlayotgani haqida xabarlar yangragandi.

    Foto: Twitter / “Barselona”

    Foto: Twitter / “Barselona”

    Formula-1 bo‘yicha yetti karra Jahon chempioni Lyuis Hemilton Mercedes bilan 2023-yil oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Xabar qilinishicha angliyalik poygachi bu shartnoma orqali yiliga 55 million dollar daromad topadi. Hemilton nemis brendi bilan 2013-yildan beri hamkorlik qiladi.

    06.07.2021, 10:00   Izoh (0)   28869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerika Kubogi—2021. Braziliya Peruni mag‘lub etib, finalga chiqdi

    06.07.2021, 08:28

    Test: “Manchester Yunayted”ning super kambeki qaysi stadionda bo‘lgan, YChLda 7 xil klub safida o‘ynagan yagona o‘yinchi kim? Chempionlar Ligasi haqidagi bilimlari...

    05.07.2021, 19:29

    Yashil soch Neymar, Tokio—2020 yo‘lidagi “parvoz” va Yevro—2020 ehtiroslari. Iyun oyining eng sara suratlari (foto)

    05.07.2021, 17:40

    “Nasaf” — “So‘g‘diyona” uchrashuvida ommaviy janjal yuzaga keldi. O‘yinni “Neftchi” futbolchisidan tepki yegan Shavkat Nasibullayev boshqarib borayotgandi (video)

    05.07.2021, 01:06

    Toshkentga qaytayotgan Jaloliddinov, Dubayni tark etgan Masharipov, hal qiluvchi pallaga kirgan Yevro va Kopa Amerika. Sportga oid eng so‘nggi xabarlar dayjesti

    04.07.2021, 23:46

    Superliga. “Paxtakor” derbida “Lokomotiv”dan ustun keldi, “So‘g‘diyona” Qarshida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. “Bunyodkor” esa 5 ta gol urib, g‘alaba

    04.07.2021, 22:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “PSJ” Rodrigoni Bredli Barkolyaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

    Sport | 7 avgust, 09:23

    “Hizbulloh” Livan hukumatining qurolsizlanish borasidagi talabini tan olmadi

    Dunyo | 7 avgust, 09:12

    Yangi “Garri Potter” serialida maxsus effektlar kompyuter grafikasisiz yaratiladi

    Kino | 7 avgust, 08:55

    Ganada aviahalokat: qurbonlar orasida vazirlar ham bor (foto)

    Dunyo | 7 avgust, 08:40

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.