Xiaomi kompaniyasi Samsung Galaxy Z Flip yoki Motorola Razr’ni yodga soluvchi “raskladushka” ko‘rinishidagi qurilmasini yaratdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Yangi smartfonga oid ma’lumotlar Xitoy Intellektual mulk milliy boshqarmasining saytida paydo bo‘lgan.
Chizmalardan ko‘rish mumkinki, qurilmaning selfi-kamerasi uchun mo‘ljallangan teshik ekranning chap yuqori burchagida joylashgan. Smarfonning orqa panelida uchta obyektivga ega kameralar tizimini ko‘rish mumkin. Dizayn jihatidan u Xiaomi’ning arzon lineykasi bo‘lgan Redmi Note’ modellariga o‘xshab ketadi. Masalan, kameralari xuddi Redmi Note 9T’dagi kabi joylashtirilgan.
O‘ng tomonida o‘chirib-yoqish va ovozni boshqarish tugmalari joylashgan. Pastki qismida esa SIM-kartalar uchun razyom va USB Type-C portlarini ko‘rish mumkin.
LetsGoDigital resursi ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi yuqoridagi dizaynga ega smartfonini 2021-yil oxiriga qadar taqdim etadi va u Samsung Z Flip muqobiliga aylanadi hamda arzonroq narxda bo‘ladi.
Avvalroq Xiaomi yangi smartfonini patentlagani, uning frontal kamerasi maxsus mexanizmda joylashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)