Daryo

Xiaomi yangi smartfonini patentladi. Uning frontal kamerasi maxsus mexanizmda joylashgan

Yana uchta kamera orqa paneldagi asosiy blokda joylashgan

1 daqiqa o‘qish15 961 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LetsGo Digital

Xiaomi kompaniyasi ko‘rinishi bilan Galaxy Fold’ni yodga soladigan smartfonini patentladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: LetsGo Digital

Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, smartfon bir nechta displeyga ega: ulardan biri ancha keng bo‘lib, kameraga mo‘ljallangan teshiklarsiz ingichka hoshiyaga ega, ikkinchisi — uni tashqi tomondan to‘ldirib turadi va ovoz dinamigi uchun teshigi mavjud.

Qurilmaning qiziqarli tomonida yig‘iladigan smartfonning frontal kamerasi. U maxsus harakatlanadigan mexanizmda joylashgan va ikkita modulga ega. Yana uchta kamera orqa paneldagi asosiy blokda joylashgan. Hozircha ularning texnik tavsifi haqida biror ma’lumot yo‘q.

Foto: LetsGo Digital

Xiaomi 2020-yil boshida ikki marotaba bukiladigan smartfon prototipini namoyish etgandi. Shundan so‘ng, kompaniya o‘zining bukiladigan smartfonini shu yilning oxirigacha taqdim etishi haqida mish-mishlar tarqaldi, biroq ular tasdiqlanmadi. Taxminlarga ko‘ra, yangi modelni 2021-yilda kutish kerak.

Avvalroq Xiaomi kamerasi ekran ostida joylashgan displeylardan foydalanishga o‘tishi, aylanuvchi kameraga ega smartfon ustida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar