Daryo

Smartfonlarda hali bunaqasi bo‘lmagan: Xiaomi noodatiy kamerani o‘ylab topdi

Bu safar kompaniya smartfon ekrani ostida aylanadigan kamerani patentladi

1 daqiqa o‘qish43 366 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LetsGoDigital

Xiaomi qiziqarli flagmanlar va konseptual smartfonlar bilan foydalanuvchilarni hayratga sola oladi. Bu safar kompaniya smartfon ekrani ostida aylanadigan kamerani patentladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: LetsGoDigital

Odatiy holatda smartfonning barcha kameralari orqa tarafga yo‘nalgan. Selfiga tushish kerak bo‘lganda esa modullardan biri 180 darajaga buriladi — sxematik tasvirlarda u to‘q sariq doira bilan ko‘rsatilgan. Aylanish tizimi magnit uzatma yordamida amalga oshirilgan. Ta’kidlanishicha, “magnit qism” buriladigan kameraning orqa tomon blokiga qotirilgan.

Foto: LetsGoDigital

Kompaniya ushbu yangi texnologiyani o‘z smartfonlarida qachon qo‘llashi noma’lum. Bunga qadar Xiaomi kompaniyasi o‘zining silindr-smartfonini namoyish etgandi.

Avvalroq Xiaomi yangi smartfonini patentlagani, uning frontal kamerasi maxsus mexanizmda joylashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar