Vivo kompaniyasi yechiladigan kameraga ega qiziqarli patentini rasmiylashtirdi, deb xabar beradi IXBT. Biroq mazkur holatda kamera smartfondan shunchaki ajralmaydi, balki oddiy kvadrokopter kabi ucha oladi ham.
Buning uchun kamera modulida xuddi kvadrokopterdagi ikki juft propeller mavjud. Shuningdek, ixtirochilar uning atrofiga infraqizil datchiklarni o‘rnatgan bo‘lib, u to‘siqlardan qochishga xizmat qiladi.
Kameralari soni ikkita, biroq videoga olishda ulardan faqat bittasi foydalaniladi. Ikkinchisi qanday maqsadlarga mo‘ljallangani — noma’lum. “Foydalanuvchi uchar modulni boshqaradigan birinchi shaxsdagi videoni olishi uchun bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Patent — bu hali shu kabi smartfon Vivo assortimentida paydo bo‘lishini anglatmaydi. Shunga qaramay, ixtiro o‘ziga xos va original ishlangan.
Avvalroq Xiaomi yangi smartfonini patentlagani, uning frontal kamerasi maxsus mexanizmda joylashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)