O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 2-iyul kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Myunxen Olimpiya bog‘idagi ko‘lda dam olayotgan oqqush.

Foto: “TASS”

Toshkent shahrining Chorsu bozorida huquq-tartibot xodimi ratsiya orqali fuqarolarga niqob taqish zaruriyati haqida eslatmoqda. Ma’lumot uchun, respublika bo‘ylab 28-iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Ko‘ngilochar va ovqatlanish obyektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, Toshkentda 18 yoshdan oshganlar 28-iyundan koronavirusga qarshi ommaviy emlanishi ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kolumbiyaning Kogua shahri yaqinidagi qo‘riqxonada COVID-19 oqibatida vafot etgan odamning xoki qo‘shilib daraxt ekilgan joyda marhum yaqini yig‘lab o‘tiribdi.

Foto: Getty Images

Toshkentdagi “Tansiqboyev” bozori qarshisida bir cheti ariqqa tushib ketgan Damas avtomashinasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Stokgolmdagi parlament binosi oldida “Iqlim uchun maktablar noroziligi” deb yozilgan plakat ushlab turgan Greta Tunberg.

Foto: Reuters

Arnold Shvarsenegger chavandozlik maktabiga tashrifi davomida u yerda boqilayotgan otni silayapti.

Foto: Shutterstock

Buyuk Britaniyaning Chichester shahridagi maysazorda havaskor fotograf ikki katta ko‘k ko‘zli ninachini suratga oldi.

Foto: Legion Media

Sloveniyada 2021-yilgi Ana Desetnica ko‘cha teatrlari xalqaro festivali davomida chiqish qilayotgan aktyorlar.

Foto: Shutterstock

Turkiya ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha Istanbul konvensiyasidan chiqqaniga qarshi norozilik namoyishi paytidagi to‘qnashuvlar.

Foto: AFP

Yelizaveta II Vindzordagi qirollik otlari namoyish qilingan ko‘rgazmada ishtirok etdi.

Foto: PA

Parijda Grande Loge Mixte de France tashkiloti a’zosi masonlarga oid deb atalgan libosda suratga tushmoqda.

Foto: Getty Images

Hukumat Ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Istanbul konvensiyasidan chiqishga qaror qilganidan keyin minglab odamlar butun Turkiya bo‘ylab norozilik namoyishlarini o‘tkazdi.

Foto: EPA

Nepalning Bhaktapur shahrida Navadurg raqs festivalining so‘nggi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Getty Images

Gretsiya shaharlaridagi bozorlarning birida yurgan odam. Shu kunlarda mamlakatda anomal issiqlik kuzatilmoqda.

Foto: EPA

Isroil xavfsizlik kuchlari Sharqiy Quddusning “Silvan” mahallasidagi falastinliklarning uylari buzilishi munosabati bilan avj olgan namoyishlar vaqtida ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan odamlarni haydamoqda.

Foto: Reuters

Nyu-Dehlida yozning issiq kunida cho‘milish uchun avliyo Nizomiddin maqbarasi ichida qurilgan havzaga sakrayotgan yigit.

Foto: Reuters

Omskda Buyuk ipak yo‘li xalqaro rallisining Rossiya bosqichi boshlandi.

Foto: “TASS”

Axilles laqabli mushuk Ispaniya terma jamoasining Yevro—2020 musobaqasida Shveysariya terma jamoasiga qarshi o‘yinidagi g‘alabasini bashorat qildi.

Foto: EPA

Kaliforniya hukumati keng miqyosli o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashni davom ettirmoqda.

Foto: “TASS”

Moskvadagi yozgi kafe-terrasalar soni 25 foizga ko‘paydi.

Foto: “TASS”

G‘azodagi oromgohda cho‘milayotgan falastinlik bolalar.

Foto: AFP

Tigray Mudofaa kuchlari Efiopiyaning Mekele viloyati markazini egallagandan keyin tantana qilmoqda.

Foto: AFP

Kanadadagi sobiq mahalliy maktab-internatlarida yuzlab bolalarning qabrlari topilganidan keyingi bo‘lib o‘tgan miting paytida vayron qilingan Qirolicha Viktoriya haykali.

Foto: Reuters

Kuala-Lumpurning koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko‘payishi sababli cheklovlar kuchaytirilgan turar joy hududiga kirayotgan tibbiyot xodimlari.

Foto: AP Photo

Londonda 86 yoshli Terri Xut Kensington saroyidagi Quyosh bog‘ida 1-iyul kuni ochilgan Uels malikasi Diana haykalini tomosha qilish uchun navbat kutmoqda. Haykal 2017-yilda shahzodalar Uilyam va Garri tomonidan buyurtma qilingan.

Foto: AP Photo

Kanadaning Saskachevan shtatidagi sobiq mahalliy maktab-internatlarda yuzlab bolalar ko‘milgan qabrlar topilganidan so‘ng shtat qonunchilik palatasi binosi oldiga gul qo‘yayotgan to‘rt yoshli Madlen Severayt.

Foto: Reuters