Daryo

Xorazmda piyodani urib yubormaslikka harakat qilgan Damas ag‘darilib ketdi

Hodisa oqibatida jabrlangan va vafot etganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish30 542 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Xorazm viloyatida yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib yubormaslik uchun keskin burilgan Damas ag‘darildi, deya xabar qilmoqda YHXBB matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 30-iyun kuni soat 18:00 larda Xorazm viloyati Urganch—Xiva yo‘lining 13-kilometrida haydovchi 1991-yilda tug‘ilgan D.K. Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodani urib yubormaslik uchun rul boshqaruvini burgan.

Keskin burilish oqibatida avtomobil ag‘darilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Piyoda 1982-yil tug‘ilgan U.Q.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Volgogradda ichida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan “Gazel” ag‘darilib ketgani, Jizzaxda me’yoridan ortiq yuk ortgan “ZIL” yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib ag‘darilgani hamda Toshkentda Isuzu avtobusi Matiz kelib urilishi oqibatida ag‘darilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar