Markaziy bank 2-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 3,41 so‘mga pastlab, 10 587,59 so‘mni tashkil qildi. Yevro 44,29 so‘mga pastlab, 12 551,59 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng 14,30 so‘mga pastlab, 10 591 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi qatorasiga ikkinchi kun pastladi.
Izoh (0)