Eriell Group joriy yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan loyihalarga doir ishlar natijalarini sarhisob qildi.
2017—2021-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida, “O‘zbekneftgaz” AJ konlarini obodonlashtirish bo‘yicha joriy yilning birinchi choragida 29 ta quduq ishga tushirildi, 5 ta quduq obodonlashtirildi, 24 ta quduq EKH (elektr kimyo himoyasi)ga ulandi.
Joriy yilning ikkinchi choragida 23 ta quduq ishga tushirildi, 3 ta kollektor gaz quvuri ishga tushirishga tayyor, 4 ta quduq obodonlashtirildi, 32 ta quduq EKHga ulandi.
Shu tariqa, birinchi yarim yillikda 52 ta quduq ishga tushirildi, 3 ta kollektor gaz quvurini ishga tushirishga tayyor, 9 ta quduq obodonlashtirildi, 56 ta quduq EKHga ulandi.
Loyihaning muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha burg‘ilanishi va qurilishi rejalashtirilgan 185 ta quduqdan 116 tasi burg‘ilangan, 110 ta quduq qurilgan. Loyiha tugallangunga qadar 69 ta quduq burg‘ilanishi va 75 tasi qurilishi lozim. Joriy yilning birinchi yarim yilligida 51 ta quduq burg‘ilangan, 49 ta quduq qurilgan.
Birinchi yarim yillikda quyidagi konlarda tabiiy gaz o‘sishining eng yaxshi ko‘rsatkichlari qayd etildi:
- Quyi Surgil № 14 — sutkasiga 717 ming m3;
- Savatli № 11 — sutkasiga 241 ming m3;
- O‘rtabuloq № 234 — sutkasiga 130 ming m3;
- Doyaxotin № 87 — sutkasiga 115 ming m3;
- Andakli № 13 — sutkasiga 357 ming m3;
- Shimoliy Berdaq № 98 — sutkasiga 271 ming m3;
- Sharqiy Berdaq № 50 NN — sutkasiga 200,29 ming m3;
- Kulbeshkak № 52 — sutkasiga 177,17 ming m3;
- Shimoliy Berdaq №99 — sutkasiga 182 ming m3.
Lukoil Uzbekistan Operating Company uchun birinchi yarim yillikda shartnomaga muvofiq, 11 ta quduqning 4 tasida QMT bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Natural Gas-Stream MChJ QK bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, birinchi yarim yillikda mazkur kompaniya uchun 8 ta quduq mukammal ta’mirlandi, burg‘ilashdan so‘ng 4 ta quduq o‘zlashtirildi. Shuningdek, shartnoma doirasida bitta quduqda ikkinchi yon ustun burg‘ilandi (yon ustunlarni kesish). Kon o‘zlashtirilgach, yaxshi gaz oqimi olindi.
2 Urga (ZBS) qudug‘ida o‘tkazilgan gidrodinamik va gazokondensat tadqiqotlari natijasida, quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi: 14 millimetrlik shtutserda debit sutkasiga 202,215 m3.ni tashkil qildi.
Mustaqillikning 25 yilligi loyihasi jamoasining muvofiqlashgan ishi tufayli joriy yilning birinchi yarim yilligida quduqlar qurilishi borasida salmoqli natijalarga erishildi. Yagona maqsad, manfaatlar, o‘zaro hamjihatlilik va jamoaviy mas’uliyat nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyodagi eng murakkab konlarning biridagi quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirishda yuksak natijalarga erishish imkonini berdi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda 444,5 millimetr doloto bilan burg‘ilashda mexanik tezlik bo‘yicha rekord qayd etildi, bir sutkada 362 metrlik joy kavlandi. Mazkur natija buyurtmachi tomonidan yuksak baholandi.
Birinchi yarim yillikda 10542 p/m.lik burg‘ilash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Hozirgi kunda bu reja ortig‘i bilan bajarildi — 11360 p/m.lik joy burg‘ilanib, bu rejadagi burg‘ilash ishlarining 107 foizini tashkil etmoqda.
Quduqlarni burg‘ilash orqali topshirish rejasi 100 foizga bajarildi. Ulardan birida sinash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar amalga oshirilmoqda. M-25 loyihasi jamoasi erishilgan natijalarda to‘xtamoqchi emas. Ikkinchi yarim yillikda burg‘ilash ishlarini yanada kengaytirish va istiqbolli innovatsion g‘oyalarni hayotga tadbiq etish va murakkab gaz quduqlarini burg‘ilashda dunyo tajribasidan foydalanish orqali quduqlarni burg‘ilash yo‘li bilan topshirishni rejalashtirmoqda.
Asosiy faoliyatidan tashqari Eriell Group xayriya faoliyati va ijtimoiy hayotda ham faol ishtirok etmoqda. Kompaniya xodimlari tomonidan muntazam ravishda turli xayriya aksiyalari o‘tkaziladi, mamlakatimiz va dunyo uchun muhim bo‘lgan sanalar nishonlanadi.
Eriell Group tomonidan Navro‘z munosabati bilan o‘tkazilgan xayriya ekologik aksiyasi doirasida Toshkent shahar hokimiyati ko‘magida Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘i hududida 200 ta daraxt ko‘chati o‘tkazildi. Tadbirda kompaniyaning 60 nafardan ziyod xodimi va ularning farzandlari ishtirok etdi. Ekish uchun eman, kashtan va chinor ko‘chatlari tanlab olindi. Aksiyada Eriell’ning Qarshidagi xodimlari ham ishtirok etdi. O‘z mablag‘i hisobidan Qarshi shahridagi “Muruvvat” internat-uyi hududiga 20 ta yapon saforasi ko‘chati ekdi.
Har yili Ikkinchi jahon urushi faxriylarini Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklash ham an’anaga aylangan. Joriy yilning may oyida Eriell Group tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ishtirokida Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilayotgan 22 nafar faxriy ziyorat qilindi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Eriell Group bilan hamkorlikda Super Leo xayriya loyihasi ishga tushirildi. Mazkur loyiha maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarni energiya resurslarini tejash va tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan.
Mazkur loyiha bilan Eriell Group va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi vakillari Milliy bolalar tibbiyot markazida bo‘lib, gemato-onkologiya bo‘limidagi jajji bemorlarning holidan xabar olishdi. Eriell Group Milliy bolalar tibbiyot markaziga zarur dori-darmonlar sotib olish va bolalar xonasini jihozlash uchun 50 million so‘mlik sertifikatni topshirdi.
Eriell Group zamon bilan hamnafas odimlamoqda, o‘z faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etmoqda, texnika parkini kengaytirmoqda va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilmoqda. Kompaniya boshqa tashkilotlardagi hamkorlari sa’y-harakatlarini birlashtirgan holda ijtimoiy muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Eriell Group matbuot xizmati
Izoh (0)