O‘zbekiston va dunyoning turli nuqtalarida 1-iyul kuni olingan suratlarni namoyish etamiz.

Vostochniy kosmodromidan OneWeb sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan “Soyuz-2.1b” raketa tashuvchisi uchirildi.

Foto: “TASS”

Toshkent ko‘chalaridan birida hosil bo‘lgan ko‘lmakda salqinlanayotgan qushlar. “O‘zgidromet” ma’lum qilishicha, 2-iyun kuni Toshkentda harorat kunduzi 39–41 daraja bo‘ladi. Kelasi hafta mamlakatda 46 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Nyu-Dehlida shifokor o‘yinchoqlar bilan bezatilgan furgon ichida boladan koronavirus tahlili uchun namuna olyapti.

Foto: AFP

Omsk shahri 2021-yilgi Buyuk ipak yo‘li rallisi startiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: “TASS”

Shahzodalar Uilyam va Garri Londonda malika Diana haykali ochilishida qatnashdi. 1-iyul kuni malika Diana 60 yoshni qarshilagan bo‘lar edi. Diana 1997-yil 31-avgustda Parijdagi avtohalokatda vafot etgan.

Foto: Getty Images

Janubiy Avstraliyada urishayotgan ikki g‘arbiy kulrang kenguru.

Foto: Alamy

Ispaniyaning Valensiya shahrida “El Dormitorio. Centennial Bedroom Art” badiiy ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Mersin shahridagi hayvonot bog‘ida kun isib ketishi sababli meva ta’mli muz yeyayotgan lemur.

Foto: Getty Images

Janubiy Koreyada koronavirus cheklovlari yumshatilganidan so‘ng birinchi marta qayta ochilgan raqs darsiga tashrif buyurgan keksa ayollar.

Foto: Getty Images

Politsiya xodimlari Nyu-Dehlidagi Xitoy elchixonasi oldida tibetlik namoyishchilarni Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yillik yubileyiga qarshi mitingi paytida hibsga olmoqda.

Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari dengiz akademiyasida qasamyod qilish marosimida qatnashayotgan bitiruvchilar.

Foto: Getty Images

Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi sabab qo‘yilgan cheklovlarni yumshatdi.

Foto: “TASS”

Pekinning Tiananmen maydonidagi ishtirokchilar Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: EPA

Kubada qattiq yog‘ingarchilik va drenaj tizimining noto‘g‘ri ishlashi oqibatida suv toshqini ichida qolgan ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotgan transportlar.

Foto: AFP

Sharqiy Quddusning “Falvan” mahallasidagi falastinlikning do‘koni buzib tashlaganidan keyin boshlangan namoyish vaqtida yashirinib o‘tirgan Isroil xavfsizlik kuchlari.

Foto: Reuters

Julian Assanjning 50 yoshga to‘lgani munosabati bilan uni ozod qilishni talab qilayotgan odamlar joylashgan kema Vestminster saroyi yaqinidan o‘tmoqda.

Foto: The Guardian

Oregon shtati hukumati yuqori harorat tufayli karantin cheklovlarini yumshatdi.

Foto: Getty Images

Gonkongda hudud Xitoyning yurisdiksiyaga o‘tganining 24 yilligi munosabati bilan norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Buyuk Britaniya va Xitoyning 1984-yilgi kelishuvi asosida Gonkong 1997-yil 1-iyulda rasmiy Pekinning boshqaruviga o‘tgan.

Foto: AP Photo

Vashingtonda jazirama tufayli AQShning Faxriy qorovuli hushidan ketib yiqildi. Kanadaning g‘arbiy va AQShning shimoli-g‘arbiy qismida termal gumbaz deb nomlangan yuqori atmosfera bosim zonasi paydo bo‘ldi. AQShda “tarixiy” deb atalgan jazirama tufayli o‘nlab o‘lim holati qayd etildi.

Foto: EPA

Janubiy Koreyada gullagan kungaboqarlar ichida suratga tushayotgan odamlar.

Foto: “TASS”

Indoneziyadagi Merapi vulqonining faolligi natijasida lava oqishi davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Vengeriyaning Nyirchaholi shahri yaqinida gullagan lavanta.

Foto: EPA

“Smolvill” teleserialidagi roli bilan tanilgan aktyor Allison Mak Nyu-Yorkning Bruklin tumanida NXIVM tashkiloti marosimida qatnashgani uchun sudlanayotgan paytida jabrlanganlardan kechirim so‘rab yig‘lab yubordi.

Foto: Reuters