• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti prorektori bilan uchrashdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 16-iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi va ushbu yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisiga bir qator topshiriqlar berildi.

    Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, jumladan, tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilarning korxonalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazishiga sharoit yaratish maqsadida hamda neft-gaz sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti prorektori, texnika fanlar doktori, professor Aleksandr Fyodorovich Maksimenko bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi tomonidan 2021-yilda “Ishlab chiqarish menejmenti” yo‘nalishi ochilganligi ma’lum qilindi, shu bilan birga keyingi o‘quv yilidan uglevodorodlarni qayta ishlash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlarni ochish taklifi berildi. Bundan tashqari, talabalar mukammal bilim olishi uchun filialda magistratura bosqichini yo‘lga qo‘yish hamda soha bilan bog‘liq bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining birituvchilarini universitetda (Moskva shahrida) maqsadli magistratura bosqichida o‘qitish taklifi berildi.

    O‘z navbatida, 2021–2022-o‘quv yili uchun filial qabul komissiyasi faoliyati, abituriyentlarning imtihon topshirishi uchun yetarli sharoit yaratish, o‘qishni tamomlagan talabalarni mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalalari tahliliy muhokama qilindi.

    Ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyati va samaradorligi ta’kidlanib, ko‘p yillik olib borilgan hamkorlikdagi ishlar doirasida I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali respublika neft-gaz tarmog‘i uchun kuchli va malakali mutaxassislarni tayyorlab bergani qayd etildi.

    Gubkin filialida tahsil olgan ko‘plab yoshlar “O‘zbekneftgaz” tizimida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda, bundan tashqari ular allaqachon muhim lavozimlarni egallab, kompaniya rivojlanishiga faol hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.

    Boshqaruv raisi filial faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal qilishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Joriy yilda bitiruvchilar soni 230 nafarni tashkil etib, ularning barchasi “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tizimidagi korxonalar hamda Lukoil Uzbekistan Operating Company, Eriell kabi yirik yirik xorijiy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu vaqtga qadar esa ushbu oliy o‘quv dargohini 1370 nafar talaba tamomlagan.

    Mazkur uchrashuvda filialga joriy yilda talabalarni o‘qishga qabul qilish kvotalari oldingi yillarga nisbatan birmuncha oshganligi qayd etildi. Filial direktori boshqaruv raisidan kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlarning respublikaning turli hududlaridan kelishini inobatga olib, ushbu jarayonni tashkillashtirishda amaliy yordam berilishini so‘radi.

    Qayd etish kerakki, “Geologiya qidiruv texnologiyasi”, “Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash”, “Neft qazib chiqarish obyektlarini ishlatish va xizmat ko‘rsatish”, “Gaz, gaz kondensat qazib chiqarish va yer ostida saqlash obyektlarini ishlatish va xizmat ko‘rsatish”, “Neft, gaz va ularning mahsulotlarini transport qilish va saqlash obyektlarini ishlatish va xizmat ko‘rsatish”, “Gaz-neft quvurlari va gaz-neftni yer ostida saqlash omborlarini qurish va ta’mirlash”, “Neft-gaz kompleksi tashkilotlari iqtisodiyoti” va “Ishlab chiqarish menejmenti” yo‘nalishlari bo‘yicha 480 ta o‘rin ajratildi.

    Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan bugungi uchrashuvda soha uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida, filialni kelgusi yillarda rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqish borasida mas’ullarga topshiriq va vazifalar berildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalari filialning mavjud kafedralari bilan kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar bo‘yicha muntazam tarzda hamkorlikda faoliyat yuritishi belgilandi. Bu o‘rinda filial talabalari va ilmiy tadqiqotchilari korxonalarda amaliy izlanishlar olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

    Shuningdek, filial talabalarini va yosh olimlarini neft-gaz korxonalaridagi texnologik jarayonlar, qurilmalar va ularning ishlash prinsiplarini ishlab chiqarish sharoitida o‘rganish hamda nazariy-amaliy bilimlar yaxlitligini ta’minlagan holda ta’lim jarayoniga tadbiq etish maqsadida, talabalarning o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish uchun “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish korxonalarida filialning tajriba sinov uchastkalari tashkil qilinganligi va buning uchun talabalarga yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun filial rahbariyati “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisiga minnatdorchilik bildirdi.

    Shu yilning mart—may oylarida filialning 270 nafardan ziyod talabalarining o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filialining talabalarini rag‘batlantirish, intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining stipendiyasi joriy etildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    29.06.2021, 17:40   Izoh (0)   13368
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bloger Otabek Sattoriyning apellyatsiya sudi jabrlanuvchilarning himoyachisi sog‘lig‘i yomonlashgani bois qoldirildi

    29.06.2021, 17:26

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana 10 600 so‘mdan oshdi

    29.06.2021, 17:11

    Buxoroda talabaning o‘qishini sirtqi bo‘limga ko‘chirib berish uchun 500 dollar so‘ragan dekan o‘rinbosari ushlandi

    29.06.2021, 16:16

    O‘zbekistonda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan qaysi hollarda berilishi belgilandi

    29.06.2021, 15:56

    Surxondaryo hokimligi Qiziriqdagi masjid To‘ra Bobolovning topshirig‘i bilan buzilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    29.06.2021, 15:11

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Afg‘oniston chegaraoldi hududlaridagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildi

    29.06.2021, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.