• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bloger Otabek Sattoriyning apellyatsiya sudi jabrlanuvchilarning himoyachisi sog‘lig‘i yomonlashgani bois qoldirildi

    Surxondaryo viloyatida bloger Otabek Sattoriyga oid apellyatsiya sudi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Oliy sud axborot xizmati.

    Ma’lum qilinishicha, 29-iyun kuni soat 11:00 da Surxondaryo viloyat sudi binosida sudlanuvchi O.Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

    Mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining apellyatsiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-maydagi hukmiga ko‘ra, O.Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari)ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Bugungi sud majlisida sudga raislik qiluvchi Samarqand viloyat sudi sudyasi I.Hamidov tomonidan sud tarkibi e’lon qilinib, hozir bo‘lgan sud ishtirokchilariga ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntirildi.

    Shundan so‘ng taraflarda sudlov hay’ati tarkibini rad qilishga oid arzlar yoki iltimoslar bor yoxud yo‘qligiga aniqlik kiritildi. Sudlanuvchi O.Sattoriy prokuror va sudlov hay’ati tarkibiga raddiya bildirdi. Uning raddiyasi taraflarning fikri o‘rganilgan holda hal etilib, qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

    Shuningdek, sudlanuvchi O.Sattoriy va uning himoyachisi Sh.Xolmurodov sudga iltimosnoma kiritib, sudlanuvchi O.Sattoriyning otasi A.Sattoriyni himoyachi sifatida ishtirok etishga ruxsat berilishini so‘radi. Ushbu iltimosnoma Jinoyat-protsessual kodeksining 423-moddasi (sud majlisida ajrim chiqarish tartibi) tartibida hal etilib, qanoatlantirildi hamda A.Sattoriy himoyachi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilindi. Unga Jinoyat-protsessual kodeksining 53-moddasi (himoyachining huquq va majburiyatlari)da nazarda tutilgan huquqlari hamda majburiyatlari tushuntirildi.

    Shuningdek, sud muhokamasining tayyorlov qismida jabrlanuvchi T.Shopulatov va O‘.Turdiyevning himoyachisi “Surxon Adolat himoyasi” advokatlik byurosi advokati S.Mamatqulovaning sog‘lig‘i yomonlashgani bois sud muhokamasini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi, sudlanuvchining himoyachisi Toshkent shahar “Adolat sari” advokatlik byurosi advokati Sh.Xolmurodov ishga yangidan kirishganligi sababli jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish, sud muhokamasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur vaqt berilishiga oid iltimoslari ko‘rib chiqildi. Iltimosnomalar asosli ekanligi inobatga olinib, keyingi sud majlisi 2021-yil 30-iyun kuni soat 10:00 ga qoldirildi.

    Sud muhokamasi ochiq majlisda hamda oshkora ko‘rilganligi sababli ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar yoki boshqa shaxslarning sud majlisiga kirishiga monelik qilingan holatlar yuz bermadi.

    “Ijtimoiy tarmoqlarda ochiq va shaffof tarzda boshlangan ushbu sud majlisiga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar kiritilmadi, degan mazmundagi asossiz xabarlar tarqatilmoqda.

    Vaholanki, sud jarayoni O‘zbekiston Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori talablariga to‘liq rioya etgan holda o‘tkazildi. Sud majlisiga kechikib kelgan hamda jarayonni audio yoki videoyozuvga olish uchun belgilangan tartibda iltimosnoma kiritmagan ayrim jurnalist va blogerlar yuqorida nomi qayd etilgan qaror bilan yana bir karra tanishib chiqsalar, foydadan holi bo‘lmasdi.

    O‘z navbatida, ochiq va shaffof tarzda boshlangan ushbu sud jarayoniga oid asossiz xabarlar tarqatish sudyalar faoliyatiga bosim o‘tkazish ekanini, bunday harakatlarga nisbatan qonuniy javobgarlik muqarrarligini yana bir karra eslatib o‘tamiz”, – deyiladi xabar yakunida.

    Mavzuga doir:

    • “Nahot shuni tushunish uchun katta aql shart bo‘lsa?!” — Sudyalar oliy kengashi mas’uli Sattoriyning apellyatsiya sudi Samarqanddan Termizga ko‘chirilishi sabablari haqida
    • “Otabek Sattoriyning sud ishiga hokimlikning aloqasi yo‘q”. Surxondaryo viloyati hokimligi Rasul Kusherbayev so‘zlariga munosabat bildirdi

    29.06.2021, 17:26   Izoh (0)   17565
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana 10 600 so‘mdan oshdi

    29.06.2021, 17:11

    Buxoroda talabaning o‘qishini sirtqi bo‘limga ko‘chirib berish uchun 500 dollar so‘ragan dekan o‘rinbosari ushlandi

    29.06.2021, 16:16

    O‘zbekistonda bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan qaysi hollarda berilishi belgilandi

    29.06.2021, 15:56

    Surxondaryo hokimligi Qiziriqdagi masjid To‘ra Bobolovning topshirig‘i bilan buzilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    29.06.2021, 15:11

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Afg‘oniston chegaraoldi hududlaridagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildi

    29.06.2021, 14:55

    O‘zbekistonga yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

    29.06.2021, 14:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.