Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, tumanda 2021—2022-yil kuz—qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarini zichlikka sinash ishlarini olib borilmoqda. Shu sababli 28-iyun soat 08:00 dan 30-iyun kuni soat 17:00 ga qadar Oqqo‘rg‘on tumanining jami 21 ta MFYlaridagi tabiiy gazdan foydalanayotgan 14 106 aholi xonadonlarida va 186 ta ulgurji tashkilotlarida tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Tabiiy gaz o‘chirilishi munosabati bilan fuqarolardan o‘z xonadonlaridagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik so‘raladi.
Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tuman aholisi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.
Avvalroq Chilonzor va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)