27-iyun taxminan soat 13:00 larda Angren shahar IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi o‘z joniga qasd qildi, deb xabar beradi IIV axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 1987-yilda tug‘ilgan safdor Bekzod Bobomirzayev Angren shahar IIBning 4-qavatida o‘ziga biriktirilgan “PM” tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzgan.
Oqibatda safdor Bekzod Bobomirzayev olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.
O‘z joniga qasd qilish sabablari Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. Holat ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
Avvalroq Surxondaryoda tuman IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)