Daryo

O‘zbekiston “Gazprom”ga gaz sotuvchidan sotib oluvchiga aylandi

O‘zbekiston 2018-yilda “Gazprom”ga 3,8 milliard kubometr gaz yetkazib berdi, 2019-yilda yetkazib berish hajmini 4,9 milliard kubometrgacha oshirdi. 2020-yildan esa butunlay to‘xtatdi

1 daqiqa o‘qish48 570 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

O‘zbekiston “Gazprom”ga gaz sotuvchidan sotib oluvchiga aylandi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, O‘zbekiston 2018-yilda “Gazprom”ga 3,8 milliard kubometr gaz yetkazib berdi, 2019-yilda yetkazib berish hajmini 4,9 milliard kubometrgacha oshirdi. 2020-yilda esa butunlay to‘xtatdi. 2021-yilning birinchi choragida ham O‘zbekiston gazi Rossiya konserniga yetkazib berilmagan.

2020-yildan “Gazprom” O‘zbekistonga Turkmaniston gazini yetkazib berishni boshladi. 2020-yilda 0,9 milliard kubometr, 2021-yilning birinchi choragida esa 1,5 milliard kubometr gaz yetkazib bergan.

E’tiborlisi, O‘zbekiston 2021-yilning birinchi choragida “Gazprom” / Turkmanistondan o‘zi Xitoyga eksport qilishi mumkin bo‘lgan gazdan (0,54 milliard kubometr) uch baravar ko‘proq sotib oldi.

“Hozirgi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari juda tez rivojlanmoqda. Birinchi navbatda, bu O‘zbekistonga taalluqli. Va biz ushbu mamlakatda iste’molning ortganini kuzatyapmiz. Shuning uchun, albatta, u yoki bu darajada gaz sotib olish kamayadi, chunki davlat gazni o‘z ehtiyojlari uchun yo‘naltiradi, agar O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak”, — deya may oyida o‘zbek gazi bilan bog‘liq vaziyatga izoh bergandi “Gazprom” boshqaruv raisi o‘rinbosari, “Gazprom eksport” MChJ bosh direktori Yelena Burmistrova.

Mavzuga doir: O‘zbekiston 2020-yilda 50 million dollarlik gaz import qilgan, eksport 4,7 baravarga kamaygan

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar